Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
O'zbek  5 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Tashish va joylashuvdagi jiddiy ogohlantirish belgilari
OGOHLANTIRISH
•  Moslamani bir joydan ikkinchi joyga tashish va so'ng o'rnatishda jihoz sovitish tizimining hech 
bir joyi shikastlanmaganligini tekshirish borasida ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.
-  Naychalardan oqib chiqayotgan sovitish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi 
mumkin. Agar suyuqlik oqishi aniqlansa, ochiq olovdan yoki yonishi ehtimoliga ega 
narsalardan darhol uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.
-  Ushbu jihoz tarkibida kam miqdordagi izobutan (R-600a) muzlatish moddasi bor, u atrof-
muhitga mutlaqo zarar yetkazmaydigan tabiiy gazdir, biroq u ham yonuvchan. Muzlatgich 
kamerasini bir joydan ikkinchi joyga tashish va so'ng o'rnatishda jihoz sovitish zanjirining 
hech bir joyi shikastlanmaganligini tekshirish borasida ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.
•  Muzlatgichni tashish yoki o‘rnatish chog‘ida orqa tomonidagi suv shlangiga tegmang.
-  Bunda muzlatgichga zarar yetib, suv dispenseri ishlamay qolishi mumkin.
O'rnatish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Muzlatgichni nam yoki unga suv tegishi mumkin bo'lgan joylarga o'rnatmang.
-  Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishiga yoki yong'inga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Ushbu muzlatgichni bevosita quyosh nuri ostiga yoki plita, uy isitgichi va shu kabi boshqa 
issiqlik chiqazadigan jihozlar oldiga joylashtirmang.
•  Bir qancha jihozni bitta elektr quvvat tarmog'iga ulangan bir necha rozetkalar uyasiga ulamang. 
Muzlatgich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan holda turishi va undagi quvvat 
kuchlanishi zavod taxtachasida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.
-  Bu yuqori darajada xizmat ko'rsatish samaradorligini ta'minlaydi hamda uydagi elektr quvvat 
zanjirlarining ortiqcha yuklanishi oldini oladi. Yuklanish o'z o'rnida simlarning qizib ketishiga 
va natijada yong'in chiqish xavfini tug'dirishiga olib kelishi mumkin.
•  Agar devordagi rozetka bo'shab qolgan bo'lsa, unga elektr quvvat vilkasini tiqmang.
-  Chunki yong'in chiqishi yoki elektr toki urish xavfi mavjud.
•  Uzunligi bo'ylab yoki ikki uchida shikastlangan yoki shilingan joylarga ega kabeldan 
foydalanmang.
•  Elektr quvvat kabelini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni joylashtirmang.
•  Elektr kabelini tortmang yoki haddan ziyod bukmang.
•  Elektr kabelini buramang yoki tugmang.
•  Elektr kabelini metal narsalarga ildirmang, ustiga og'ir narsani qo'ymang, narsalar orasiga 
kiritmang yoki jihoz orqasidagi joyga tiqmang.
Untitled-33   5
2016-03-17     6:19:12