Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
O'zbek  15 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Elektr tokini tejash bo'yicha maslahatlar
•  Muzlatgichni mos havo almashinuviga ega bo'lgan salqin, quruq xonaga o'rnating. Uning 
to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siri ostida qolmasligiga ishonch hosil qiling va issiqlik 
manbalari (masalan, radiator) yaqiniga o'rnatmang.
•  Energiyani sarflash samaradorligini ta'minlash maqsadida havo yo'llari va panjaralarini to'sib 
qo'ymaslik tavsiya qilinadi.
•  Issiq ovqat mahsulotini muzlatgichga joylashtirishdan avval uning sovushini poylang.
•  Muzlatgichdagi muzlatilgan ovqatni eritishga qo'ying. So'ngra muzlatgichdagi ovqatni sovitish 
uchun sovitilgan mahsulotlarning past haroratidan foydalanishingiz mumkin.
•  Ovqatni joylashtirish yoki chiqarish vaqtida jihoz eshigini uzoq vaqt ochib turmang. Eshik 
qancha kamroq vaqt ochiq bo'lsa, muzxona ichida shuncha kam qirov yig'iladi.
•  Muzlatgichni orqa va yon taraflarda bo'shliq qoldirib o'rnatish tavsiya etiladi. Bu elektr tok 
iste'molini kamaytiradi va natijada elektr tok uchun xarajatlaringiz ham kamayadi.
•  Elektr tokdan samarali tarzda foydalanish uchun savatchalar, surilma qutilar, polkalar kabi barcha 
ichki moslamalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan ta'minlangan o'rinda saqlang.
Bu qurilma uy sharoitida va
•  do'konlardagi oshxona hududlari, ofislar va boshqa ish muhitlari;
•  fermer xo'jaliklarida va mehmonxonalar, motellar va boshqa turar-joy muhitlaridagi mijozlar 
tomonidan;
•  uxlash va nonushta turidagi muhitlarda;
•  umumiy ovqatlanish va shunga o'xshash chakana savdo uchun qo'llanilmaydigan boshqa joylarda 
foydalanish uchun mo'ljallangan.
Untitled-33   15
2016-03-17     6:19:13