Samsung RS57K4000SA Manuel D’Utilisation

Page de 160
Ishlatish amallari
O'zbek
40 
Ishlatish amallari
Harorat sozlamalari
Optimal samaradorlikka erishish uchun haroratni muzxonada -19 °C (-2 °F) darajaga, sovutgichda 
3 °C (37 °F) darajaga qo‘yishni maslahat beramiz. 
Muzxona
Muzxona haroratini -23 °C (-9 °F) va -15 °C 
(5 °F) oralig‘ida o‘zgartirish mumkin.
Haroratni o‘zgartirish uchun kerakli harorat 
tanlangunicha Freezer (Muzxona) tugmasini 
bosib turing. Harorat 1 birlikda o‘zgaradi.
•  Tavsiya etiladi: -19 °C (-2 °F)
IZOH
Muzqaymoq -15 °C (5 °F) darajada erishi 
mumkin.
Sovutgich
Sovutgich haroratini 1 °C (34 °F) va 7 °C (44 °F) 
oralig‘ida o‘zgartirish mumkin.
Haroratni o‘zgartirish uchun kerakli harorat 
tanlangunicha Fridge (Sovutgich) tugmasini 
takror bosing. Harorat 1 birlikda o‘zgaradi.
•  Tavsiya etiladi: 3 °C (37 °F)
Eshikni tez-tez ochib tursangiz yoki muzlatgichga katta miqdordagi oziq-ovqat qo‘yilsa, muzxona 
yoki sovutgich harorati ko‘tarilishi mumkin. Bu holda, belgilangan haroratga yetguniga qadar 
harorat displeyi miltillab turadi.
IZOH
Miltillash to‘xtamasa, tokdan ajrating va 10 daqiqadan so‘ng muzlatgichni yoqing.
Untitled-33   40
2016-03-17     6:19:20