Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
O'zbek  27 
O‘rnatish
2-qadam  Pol
•  Sovitkich o'rnatiladigan yuza to'liq 
yuklangan sovitkichni ko'tarishga 
mo'ljallangan bo'lishi shart.
•  Polni himoya qilish maqsadida sovitkichning 
har bir oyog'i ostiga katta karton qog'ozini 
qo'yib chiqing.
•  Sovitkich o'zining doimiy turadigan 
joyiga joylashtirilgandan so'ng, polni 
chizib olmaslik maqsadida uni keraksiz 
harakatlantirmang. Agar kerak bo'lsa, 
surish paytida ostiga qalin qog'oz yoki eski 
gilamcha to'shang.
IZOH
Agar sovitkich hajmi tufayli oraliqdan o‘ta olmasa, Xizmat ko‘rsatish bobidagi Kirgizish uchun 
eshikni olib tashlash bo‘limini ko‘ring.
3-qadam  Darajani to'g'irlash oyoqlarini sozlang.
DIQQAT
•  Sovitkich tekis, qattiq polda tekis o‘rnatilishi lozim. Bu qoidaga amal qilinmasa, sovitkichga zarar 
yetishi yoki jismoniy jarohatga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Sovitkichning ichi bo‘sh bo‘lganida tekislash lozim. Sovitkich ichida oziq-ovqat qolmaganligiga 
ishonch hosil qiling.
•  Xavfsizlik nuqtai-nazaridan sovitkichning old tarafini orqaga nisbatan bir oz balandroq qiling.
Muzlatgichning old oyoqlaridan foydalanib tekislang, ularda maxsus burama (tekislagich) mavjud. 
Tekislash uchun minusli buragich ishlating.
Untitled-3   27
2017-02-06     6:02:59