Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л Manuel D’Utilisation

Page de 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O'zbek
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
Foydalanish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Vilkani rozetkaga nam qo'llaringiz bilan ushlab tiqmang.
-  Bu elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Jihoz ustiga buyumlar qo‘ymang.
-  Eshigini ochganingizda yoki yopganingizda uning ustidagi narsalar tushib ketishi va 
jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.
•  Sovitkich osti yoki orqasiga qo'l, oyoq yoki (ovqatlanish tayoqchalari va shu kabi) metall 
buyumlarni tiqmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
-  O'tkir uchli narsalar tan jarohatiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzxona ichki devorlariga yoki uning ichidagi mahsulotlarga nam qo‘lingiz bilan tegmang.
-  Bu sovuq urishiga olib kelishi mumkin.
•  Suv to'ldirilgan idishni sovitkich ustiga qo'ymang.
-  Agar suv to'kilib ketsa, tok urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Uchuvchan yoki yonuvchan buyumlar yoki moddalarni (benzol, suyultirgichlar, propan gazi, spirt, 
efir, suyultirilgan gaz va shunga o'xshash boshqa narsalarni) sovitkichda saqlamang.
-  Sovitkich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
-  Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
•  Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
-  Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. Eshiklar orasidagi bo'sh joylar 
va shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda, eshikni ochishda ehtiyot 
bo'ling.
•  Bolalar sovitkich eshigiga yoki eshik sandiqchasiga osilishiga yo'l qo'ymang. Bunday qilish jiddiy 
jarohatga sabab bo'lishi mumkin.
•  Bolalarning sovitkich ichiga kirib olishlariga yo'l qo'ymang. Ichida qamalib qolishlari mumkin.
•  Jihozning ostki qismiga qo‘lingizni tiqmang.
-  O'tkir uchli narsalar tan jarohatiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Sovitkichda farmatsevtika mahsulotlari, ilmiy tadqiqot ashyolari yoki haroratga sezgir 
mahsulotlarni saqlamang.
-  Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni sovitkichda saqlamang.
•  Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo'lmasa, sovitkich/muzxona ichiga elektr jihozlarini 
qo‘ymang yoki ulardan foydalanmang.
•  Agar dori yoki tutun hidini sezib qolsangiz, zudlik bilan elektr quvvati vilkasini sug'urib oling va 
Samsung Electronics xizmati markaziga murojaat qiling.
•  Agar sovitkich ichiga chang yoki suv kirsa, elektr manbasiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan 
sug'uring va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.
-  Aks holda, yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.
Untitled-3   8
2017-02-06     6:02:55