Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. Manuel D’Utilisation

Page de 192
O'zbek - 35
05
  IDISHLARNI TANLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA 
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bolalardan qulflash dasturi mavjud, u bola yoki 
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun 
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
1.  Bolalardan qulflash tugmasini uch soniya bosib turing.
Natija:
•  Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab 
bo'lmaydi).
•  Displey "L" ni namoyish qiladi.
2.  Pech qulfini ochish uchun Bolalardan qulflash tugmasini 
3 soniya bosib turing.
Natija: 
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
AYLANUVCHI PATNISNI YOQISH/O'CHIRISH 
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasi aylanuvchi patnisni aylanishdan to'xtatgan 
holda butun aylanuvchi patnisni to'ldiruvchi katta taomlarni tayyorlashga imkon beradi (faqat 
qo'lda tayyorlash rejimida).
Natijalar qoniqarli bo'lmaydi, chunki bu holda tayyorlash bir tekis bormaydi. 
Biz tayyorlash jarayonining yarmi o'tishi bilan taomni qo'lda ag'darishni tavsiya qilamiz.
Hech qachon pechda taom bo'lmagan holda aylanuvchi patnisni ishlatmang. 
Sababi: Bu yong'inga yoki qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
1.  Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasini bosing.
Natija: 
Aylanuvchi patnis aylanmaydi.
2.  Aylanuvchi patnisni yana aylantirish uchun Aylanuvchi 
patnisni Yoqish/O'chirish tugmasini qayta bosing.
Natija: 
Aylanuvchi patnis aylana boshlaydi.
Bu Aylanuvchi patnisni Yoqish/O'chirish tugmasidan faqat tayyorlash vaqtida 
foydalanish mumkin.
OGOHLANTIRISH
idishlarni tanlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto'lqinli pechda yaxshi taom tayyorlash uchun mikroto'lqinlar taom ichiga kirishlari va 
foydalaniladigan idishlardan qaytmasliklari va ularga singmasliklari kerak.
Shuning uchun idishlarni tanlashda juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar idishda mikroto'lqinli 
pechlarda foydalanish mumkinligi ko'rsatib qo'yilgan bo'lsa, undan foydalanish mumkin.
Quyidagi jadvalda turli oshxona anjomlari keltirilgan va ularning mikroto'lqinli pechda 
foydalanish mumkinligi va qay tarzda foydalanilishi kerakligi ko'rsatilgan.
Oshxona anjomlari
Mikroto'lqinli 
pechda 
foydalanish 
uchun xavfsiz
Izohlar
Alyuminiy folga
✓ ✗
Taomning ba'zi joylarini kuyib ketishdan himoya qilish 
uchun oz miqdorda ishlatilishi mumkin. Agar folga 
pech devoriga juda yaqin joylashgan bo'lsa yoki folga 
juda ko'p miqdorda ishlatilayotgan bo'lsa, elektr yoyi 
hosil bo'lishi mumkin.
Qizartiruvchi idish
Oldindan 8 daqiqadan ko'p qizdirmang.
Chinni va sopol 
buyumlar
Odatda chinni, keramika, sir bilan qoplangan 
keramika va Xitoy chinnisi, agar ularda metall bezak 
bo'lmasa, mos keladi.
Bir martalik plastik 
tog'orachalar
Ba'zi bir muzlatilgan mahsulotlar ana shunday 
tog'orachalarga solinib o'raladi.
Tez tayyorlanadigan 
mahsulotlar o'rami
•  Polistirol stakanchalar va 
konteynerlar
Taomni isitish uchun foydalanish mumkin. 
Polistirolning qizib ketishi erishga olib kelishi mumkin.
•  Qog'oz paketlar yoki 
gazetalar
Yonib ketishi mumkin.
•  Ikkilamchi xom-
ashyodan tayyorlangan 
qog'oz yoki metall bezak
Elektr yoyini keltirib chiqarishi mumkin.
(davomi)
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   35
2014-07-11     5:18:15