Samsung SM-R720 Istruzioni Sulla Sicurezza Importanti

Pagina di 743
709
O'zbek 
Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik 
ma’lumotlarini o‘qib chiqing. U qurilmalar uchun umumiy 
xavfsizlik ma’lumotlariga va Sizning qurilmangizga tegishli 
bo‘lmagan tarkibga ega bo‘lishi mumkin. O‘zingiz va 
boshqalarga yoki qurilmangizga zarar yetkazmaslik uchun 
ogohlantirish ko‘rsatmalariga rioya qiling.
“Qurilma” termini mahsulot va uning batareyasi, 
zaryadlash qurilmasi, mahsulot bilan birga taqdim 
etilgan elementlar va mahsulot bilan ishlatiladigan 
barcha Samsung tomonidan tasdiqlangan aksessuarlarni 
bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga 
amal qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki 
o‘limga olib kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab 
qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilmani, zaryadlash qurilmasini va uning kabellarini, yoki 
elektr rozetkalarni nam qo‘l yoki boshqa tana a’zolari bilan 
tegmang
Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi 
mumkin.