Samsung RS57K4000SA Manuale Utente

Pagina di 160
O'zbek  13 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
Tozalash paytida ehtiyotkorlik choralari
DIQQAT
•  Muzlatgich ichiga yoki tashqi qismiga bevosita suv sepmang.
-  Yong‘in chiqishi yoki elektr tokidan zarba olish xavfi mavjud.
•  Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang.
•  Yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun yoqilgan shamni muzlatgich ichiga joylashtirmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Displeyga to'g'ridan-to'g'ri tozalash vositalarini sepmang.
-  Displeydagi chop qilingan harflar o'chib ketishi mumkin.
•  Jihoz ichiga suv kabi o'zga moddalar tushgan bo'lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat 
manbaidan uzing va manzilingizga yaqin joylashgan xizmat ko'rsatuvchi xodimga murojaat 
qiling.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki yong‘in chiqish xavfini 
tug‘diradi.
•  Vilka uchlaridan begona narsalarni yoki changni tozalab tashlash uchun toza, quruq matodan 
foydalaning. Vilkani tozalayotganda ho'l yoki nam lattadan foydalanmang.
-  Aks holda elektr tokidan zarba olish yoki yong'in chiqish xavfi mavjud.
•  Jihozni unga to'g'ridan-to'g'ri suv sepish bilan tozalamang.
•  Tozalash uchun benzin, suyultirgich yoki matolarni oqartirgichda, xlordan foydalanmang.
-  Ular jihoz yuzasini shikastlashi va yong'inga olib kelishi mumkin.
•  Dispenser teshigiga hech qachon barmoqlaringizni tiqmang.
-  Bu shaxsiy tan jarohati olish yoki moddiy zarar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Tozalashdan yoki xizmat ko'rsatishdan avval moslamani rozetkadan ajrating.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki yong‘in chiqish xavfini 
tug‘diradi.
Chiqitga chiqarish bo'yicha jiddiy ogohlantirishlar
OGOHLANTIRISH
•  Ushbu jihozning o'rama materiallarini atrof-muhitga zararsiz tarzda chiqitga chiqaring.
•  Chiqitga chiqazishdan oldin jihoz orqa tarafidagi naychalardan birortasi ham 
shikastlanmaganligini ta'minlang.
•  Sovutish moddasi sifatida R-600a yoki R-134a ishlatiladi. Ushbu muzlatgichda qaysi sovutish 
moddasi ishlatilayotganini ko'rish uchun jihozning orqa tarafidagi kompressor yorlig'i yoki 
muzlatgich ichidagi pasport yozuvlarini tekshirib ko'ring. Agar ushbu mahsulotda o‘t oluvchi 
gaz (R-600a sovutish moddasi) bo‘lsa, uni xavfsiz qayta ishlashga topshirish borasida mahalliy 
idoraga murojaat qiling.
Untitled-33   13
2016-03-17     6:19:13