Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л ユーザーズマニュアル

ページ / 132
O'zbek  13 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•  Ushbu yoki boshqa sovitkichni chiqitga chiqarganda, eshik/eshik zichlagichlari, zulfinlarini kichik 
yoshdagi bolalar yoki jonivorlar ichiga qamalib qolmasligi uchun olib tashlang. Bolalar jihoz bilan 
o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim. Agar bola ichkarida qamalib qolsa, 
jarohatlanishi va nafas ololmay o'lib qolishi mumkin.
-  Agar bola ichkarida qamalib qolsa, jarohatlanishi va nafas ololmay o'lib qolishi mumkin.
•  Izolyatsiya uchun siklopentandan foydalanilgan. Izolyatsion materiallardagi gazlar maxsus yo'l 
bilan chiqitga chiqarishni talab qiladi. Ushbu mahsulotni atrof muhitga zararsiz tarzda chiqitga 
chiqarish uchun mahalliy hokimiyat idoralariga murojaat qiling.
•  Barcha o'rama materiallarini bolalar qo'li yetmaydigan joyga qo'ying, chunki o'rama materiallar 
bolalar uchun xavfli.
-  Agar yosh bola paketni boshiga kiyib olsa nafas yetishmay bo'g'ilib qolishi mumkin.
To'g'ri foydalanish uchun qo'shimcha maslahatlar
•  Agar elektr quvvati ta'minotida uzilish yuz bergan bo'lsa, elektr ta'minoti tarmog'ining mahalliy 
idorasiga qo'ng'iroq qilib, uzilish qancha davom etishi mumkinligini so'rab biling.
-  Bir yoki ikki soat ichida bartaraf etiladigan uzilishlar sovitkichdagi harorat ko'rsatkichlariga 
ta'sir qilmaydi. Biroq, jihoz elektr toki bilan ta'minlanmayotgan vaqtda, uning eshigini kamroq 
ochib-yoping.
-  Agar elektr quvvat uzilishi 24 soatdan ko'p davom etadigan bo'lsa, barcha muzlatilgan oziq-
ovqat mahsulotlarini chiqarib oling.
•  Agar sovitkich uzoq vaqt davomida jihoz ishlashga moslashgan haroratdan pastroq bo'lgan 
joyda turib qolsa, sovitkich bir maromda ishlamasligi mumkin (muzlatilgan narsalar erishi yoki 
muzlatilgan oziq-ovqat bo'lmasi ichidagi harorat ilib ketishi mumkin).
•  Muayyan oziq-ovqatlar past darajada saqlanishi o'z xususiyatiga ko'ra saqlanishga yomon ta'sir 
ko'rsatishi mumkin.
•  Sovitkichingizda yaxlash bo'lmaydi, ya'ni uni qo'lda eritishga hojat yo'q. Eritish avtomatik tarzda 
amalga oshiriladi.
•  Muzni eritish vaqtida harorat ko'tarilishi ISO talablariga muvofiq keladi. Agar jihozni muzdan 
tushirish vaqtida muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari haroratining ko'tarilishi oldini olmoqchi 
bo'lsangiz, muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini bir necha qavat gazetaga o'rang.
•  To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang.
•  Ikki yulduzli ramzga (
) ega bo'lgan ikki yulduzli bo'lim (bo'limlar) yoki bo'lma (bo'lmalar) 
harorati boshqa muzxona bo'lmasiga (bo'lmalari) nisbatan bir oz yuqoriroq hisoblanadi.
Ikki yulduzli bo‘lim(lar) yoki bo‘lma(lar) yetkazib berilgan ko‘rsatma va/yoki shartga asoslanadi.
Untitled-3   13
2017-02-06     6:02:55