Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л ユーザーズマニュアル

ページ / 132
Ishlatish amallari
O'zbek
32 
Ishlatish amallari
01 Sovitkich
Fridge (Sovitkich)
Fridge (Sovitkich) tugmasi bilan sovitkich haroratini belgilash mumkin.
Sovitkichning sovitish haroratini o‘zingiz o‘zgartirishingiz mumkin. Harorat 
indikatori joriy belgilangan yoki tanlangan haroratni ko‘rsatadi. 1 °C va 7 °C 
oralig‘idagi kerakli haroratni tanlash uchun Fridge (Sovitkich) tugmasini qayta-
qayta bosing.
02 Sovitishni tanlash+ (3 soniya)
Cool Select (Sovitishni tanlash) xususiyati bilan sovitkichning pastki o‘ng qismida joylashgan 
Sovitishni tanlash bo‘lmasidagi oziq-ovqatlarni batartib joylashtirishingiz mumkin. 3 soniya 
davomida Cool Select+ (Sovitishni tanlash+) tugmasini bosib turing, keyin rejimlarni tanlash uchun 
yana bosing. Kerakli rejim tanlangach, tugmani qo‘yib yuboring. Quyidagi 4 ta rejimdan birini 
tanlash mumkin:
Freezer 
(Muzxona)
Sovitishni tanlash bo‘lmasidagi haroratni muzxonadagi harorat bilan bir xil 
qilish uchun Freezer (Muzxona) rejimini tanlang.
Bu muzlatilgan ovqatlarni saqlashda foydali.
Soft Freezing 
(Yengil 
muzlatish)
Sovitishni tanlash bo‘lmasidagi haroratni -5 °C qilib belgilash uchun Soft 
Freezing (Yengil muzlatish) rejimini tanlang.
Bu go‘sht va baliqni uzoq vaqt saqlashda foydali.
Chill/Meat 
(Yaxna/Go‘sht)
Sovitishni tanlash bo‘lmasidagi haroratni -1 °C qilib belgilash uchun Chill/Meat 
(Yaxna/Go‘sht) rejimini tanlang.
Bu steyk, baliq, bekon va pishloq kabi delikateslarni saqlashda foydali.
Cool (Salqin)
Sovitishni tanlash bo‘lmasidagi haroratni 2 °C qilib belgilash uchun Cool 
(Salqin) rejimini tanlang.
Bu oziq-ovqatlarni umumiy maqsadda, masalan, suv, sharbat, ichimlik va 
pivoni saqlashda foydali.
DIQQAT
•  Funksiyani almashtirganda yoki o‘chirganda, haroratdagi farq tufayli go‘sht seli yoki ovqatdan 
namlik chiqishi mumkin.
•  Go‘sht yoki ovqatni Sovitishni tanlash bo‘lmasida sovitkich sozlamalari bilan saqlamang. Go‘sht 
yoki ovqat buzilib qolishi mumkin.
IZOH
Agar tugma ishga tushmasa, uning qulflanmaganiga ishonch hosil qiling. Control Lock (Nazorat qulfi) 
tugmasini 3 soniyadan ortiq bosib turib, qulf tasvirchasi ochilgan holatga ( ) o‘tishini kuting. Keyin 
rejimni o‘zgartirish uchun Cool Select+ (Sovitishni tanlash) tugmasini 3 soniyada ortiq bosib turing.
Untitled-3   32
2017-02-06     6:03:00