Samsung Стиральная Машина WW3000J, Diamond Drum, 6 кг ユーザーズマニュアル

ページ / 160
O'zbek  25
Ishga tushir
ishdan a
vv
al
4-QADAM  Dastlabki yuvish (zarur bo'lgan 
hollarda)
Kiyimlar juda kirlangan bo'lsa, tanlangan rejim uchun 
Dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasi 
qo'lda barabanga solinganida, Dastlabki yuvish 
opsiyasini ishlatmang.
5-QADAM  Yuklanish sig'imini aniqlash
Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. 
Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining 
to'g'ri yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi 
uchun yuklanish sig'imini bilish uchun 31-sahifaga 
qarang.
ESLATMA
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti 
ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. 
Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan 
eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish 
sig'imi 2,0 kg yoki undan kam.
DIQQAT
Kirlar bir tekis taqsimlanmagan bo'lsa va “Ub” 
axborot kodi ko'rsatilsa, kirlarni qayta taqsimlang. Bir 
tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini 
kamaytiradi.
6-QADAM  To'g'ri kir yuvish vositasi 
turidan foydalanish
Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, 
nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish 
darajasiga bog'liq bo'ladi. Doimo avtomat kir yuvish 
mashinalari uchun mo'ljallangan "kam ko'piklovchi" kir 
yuvish vositasidan foydalaning.
ESLATMA
• 
Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik 
darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik 
darajasiga asoslangan holda, kir yuvish vositasi 
ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. 
Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy 
suv ta'minoti organiga murojaat qiling.
• 
Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish 
vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish 
vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini 
berkitgan holda, chayish siklidan keyin qolishi 
mumkin.
DIQQAT
Junli matolar dasturidan foydalanib, junli matolarni 
yuvish vaqtida mo'tadil suyuq kir yuvish vositasidan 
foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda, 
kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning 
rangini o'chirishi mumkin.
BB_WW3000J(SERK)-03578J-05_UZ (CIS).indd   25
2015-12-23     12:22:19