Samsung GT-N5110 중요 안전 수칙

다운로드
페이지 558
O'zbek 
542
Zararli dastur va viruslar
Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun 
quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat 
tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab 
bo‘lishi mumkin
•  Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.
•  Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.
•  Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni 
o‘chiring.
•  Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.
•  Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.
•  Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini 
tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.
•  Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus 
dasturini ishga tushiring.
•  Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni tekshirish 
uchun ularni ishga tushiring.
•  Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini 
o‘zgartirmang.
Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari
(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)
(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun 
mo‘ljallangan)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni 
anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol uchun, 
quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar bilan birga 
tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va 
insonlarga zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta 
ishlash va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish 
uchun, iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz utilizatsiya 
qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi ma’lumotlarni, ushbu 
mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy hokimiyat organidan olishlari 
mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid qilish 
shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu mahsulot 
va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat chiqindilari bilan 
aralashtirilmasligi lozim.