Redmond RMC-260 Manual Do Utilizador
86
n. Tayyorlash harorati, tayyorlash haroratini o'rnatish rejimi indikatori.
o. Tayyorlash vaqti / ishga tushirishni kechiktirish vaqti / joriy vaqt qiymati
indikatori.
REDMOND RMC-260 multipishirgichi tugmachali boshqaruv paneli va jihozning
ishlash rejimiga bog'liq ravishda uch turdagi fon chirog'iga ega bo'ladigan suyuq
kristalli displey bilan jihozlangan.
Displey rangi
Ish rejimi
Ko'k
Jihoz tayyorlash dasturini tanlash rejimida bo'ladi; displeyda avtomatik
dasturlar, mahsuloltlar, tayyorlash vaqti va tayyorlash rejimi indikatorlari
aks ettiriladi
Jihoz ishga tushirishni kechiktirish vaqtini sozlash rejimida bo'ladi; disp-
leyda tanlangan tayyorlash dasturi, mahsulot turlari (agar ko'zda tutilgan
bo'lsa) va ishga tushirishni kechiktirish indikatorlari aks ettiriladi
«Отсрочка старта» funksiyasi ishlaydi, displeyda taymerni o'rnatish vaqti
va ishga tushirishni kechiktirish indikatori aks ettiriladi
Oq
Tayyorlash dasturi ishlaydi, displeyda dastur ishlash vaqtining teskari hi-
sobi, tanlangan dastur indikatori va «Время приготовления» («Tayyorlash
vaqti») indikatori aks ettiriladi
To'q sariq
Avtomatik isitish yoki taomlarni isitish funksiyasi ishlaydi, dipsleyda funk-
siya ishlash vaqtining to'g'ri hisobi aks ettiriladi
I. FOYDALANISHNI BOSHLASHDAN
AVVAL
Mahsulot va uning butlochi qismlarini qutidan ehtiyotlik bilan oling. Barcha
qadoqlash materiallarini olib tashlang.
Ogohlantiruvchi nakleykalar, ko'rsatkili nakleykalar va uning korpusidagi mah-
sulot seriya raqami ko'rsatilgan yorliqni albatta o'z joyida saqlang! Mahsu-
lotda seriya raqamining bo'lmasligi sizni kafolatli xizmat ko'rsatishdan avto-
matik ravishda mahrum qiladi.
Jihoz korpusini nam latta bilan arting. Jomni iliq sovunli suv bilan yuving.
Yaxshilab quriting. Jihozdan ilk marta foydalanganda begona hid paydo bo'lishi
mumkin. bu jihoz nosozligining natijasi hisoblanmaydi. Bu holda jihozni toza-
lashni amalga oshiring.
DIQQAT! Jihozdan istalgan turdagi nosozlik mavjud bo'lgan holda foydalanish
ta'qiqlanadi.
II. MULTIPISHIRGICHDAN FOYDALAN-
ISH
Foydalanishni boshlashdan avval
Jihozni qattiq tekis yuzaga shunday o'rnatingki, bug' klapanidan chiqadigan
qaynoq bug' gulqog'ozlar, bezakli qoplamalar, elektron jihozlar va ortiqcha
namlik va haroratdan shikastlanishi mumkin bo'lgan boshqa buyumlar yoki
materiallarga tushmasin.
Tayyorlashdan avval multipishirgichning tashqi va ko'zga ko'rinadigan ichki
qismlarida shikastlanishlar, siniq joylar va boshqa nuqsonlarning yo'qligiga
ishonch hosil qiling. Jom va qizdirish elementi orasida begona buyumlar
bo'lmasligi kerak.
Soatni sozlash
Jihozni elektr tarmog'iga ulang. «Час» va «Мин» tugmachalarini bir vaqtda
bosing va bir necha soniya ushlab turing. Musiqali signal chalinadi. Displeyda
soatni o'rnatish rejimi indikatori paydo bo'ladi, vaqt qiymati indikatori miltillay
boshlaydi, ko'k fon chirog'i yonadi. «Час» tugmachasi bosilganda vaqt qiymati
1 soat qadam bilan ortadi. «Мин» tugmachasi bosilganda esa – 1 daqiqa qadam
bilan ortadi.
Soat va daqiqa qiymatlarining ortishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz
beradi. Maksimal qiymatga yetganda vaqtni o'rnatish diapazonning boshidan
boshlanadi. Qiymatni tez o'zgartirish uchun kerakli tugmachani bosing va ush-
lab turing.
Mos holda « » va « » tugmachalarini bosish orqali ham vaqt qiymatini 1
daqiqa qadam bilan orttirish yoki kamaytirish mumkin. Bunda daqiqaning
maksimal (minimal) diapazoniga yetilishi bilan o'rnatish qaytadan boshlanadi,
soat qiymati esa 1 soatga ortadi (kamayadi).
Joriy vaqtni o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan o'zgarishlarni tasdiqlash uchun
«Меню/ОК» tugmachasini bosing. Kiritilgan o'zgarishlarni saqlamagan holda
sozlash rejimidan chiqish uchun «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing.
Tovushli signallar balandligini sozlash
Joriy vaqtni sozlash yakunlanishi bilan jihoz tovush balandligini sozlash re-
jimiga o'tadi. Displeyda tayyorlash dasturini tanlash zonasida «Громкость»
(«Tovush balandligi») yozuvi
(«Tovush balandligi») yozuvi
, vaqt indikatorining o'rnida esa – SP:05 yo-
zuvi namoyish qilinadi. « » va « » tugmachalarini bosish bilan siz qiymat-
larni «00» (tovush signallari o'chiriladi) dan «10» (maksimal tovush balandligi)
gacha bo'lgan diapazonda o'zgartirishingiz mumkin. Agar tovushli signallar
o'chirilgan bo'lsa, displeyda
o'chirilgan bo'lsa, displeyda
indikatori paydo bo'ladi.
Tovush balandligini sozlash yakunlanishi bilan kiritilgan o'zgarishlarni tasdiqlash
uchun «Меню/ОК» tugmachasini bosing. Kiritilgan o'zgarishlarni saqlamagan
holda sozlash rejimidan chiqish uchun «Отмена/Разогрев» tugmachasini bos-
ing.
Tayyorlash vaqtini o'rnatish
REDMOND RMC-260 multipishirgichi «ЭКСПРЕСС» dasturidan boshqa barcha
dasturlar uchun tayyorlash vaqtini mustaqil o'rnatishi mumkin. Berilayotgan
vaqtning o'zgarish qadami va mumkin bo'lgan diapazoni tanlangan tayyorlash
dasturiga bog'liq bo'ladi.
Tayyorlash vaqtini qo'lda o'rnatishda tayyorlash dasturlarining zavoddagi so-
zlanmalar jadvaliga ko'ra tanlangan tayyorlash dasturida ko'zda tutilgan mum-
kin bo'lgan vaqt diapazoni va o'rnatish qadamini hisobga oling.
Ayrim avtomatik dasturlarda o'rnatilgan tayyorlash vaqtining hisobi faqat jihoz
berilgan ish haroratiga chiqqanidan keyin boshlanadi. Masalan, sovuq suv
quyilsa va «ПАР» dasturida 5 daqiqaga teng tayyorlash vaqti o'rnatilsa, das-
turining ishga tushishi va berilgan tayyorlash vaqtining teskari hisobi faqat
suv qaynaganidan va jomda yetarli zichlikdagi bug' hosil bo'lganidan keyin
boshlanadi.
«МАКАРОНЫ» va «ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ» dasturlarida o'rnatilgan vaqt hi-
«МАКАРОНЫ» va «ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ» dasturlarida o'rnatilgan vaqt hi-
sobi faqat suv qaynaganidan va «Старт» tugmachasi qayta bosilganidan
keyin boshlanadi.
Dasturni ishga tushirishni kechiktirish
«Отсрочка старта» funksiyasi o'tishi bilan taom tayyor bo'lishi kerak bo'lgan
vaqt oralig'ini berishga imkon beradi (dasturning ishlash vaqtini hisobga olgan
holda). Vaqtni 2 daqiqadan 24 soatgacha bo'lgan diapazonda o'rnatish mumkin.
Kechiktirish vaqtining o'rnatilgan tayyorlash vaqtidan ko'proq bo'lishini hi-
sobga olish lozim, aks holda dastur «Старт» tugmasi bosilishi bilanoq darhol
ishlay boshlaydi.
Avtomatik tayyorlash dasturi tanlangandan keyin ishga tushirish vaqtini kechik-
tirish vaqtini o'rnatish uchun «Время/Отсрочка» tugmachasini ikki marta bos-
ing. Ikki marta musiqali signal chalinadi. Displeyda «Отсрочка» («Kechiktirish»)
va
va
indikatorlari paydo bo'ladi. Vaqt indikatori miltillay boshlaydi. «Час»
tugmachasi bosilganda vaqt qiymati 1 soat qadam bilan ortadi. «Мин» tugma-
chasi bosilganda esa – 5 daqiqa qadam bilan ortadi.
Soat va daqiqa qiymatlarining ortishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz
beradi. Maksimal qiymatga yetganda ishga tushirish vaqtini o'rnatish diapazon-
ning boshidan boshlanadi. Qiymatni tez o'zgartirish uchun kerakli tugmachani
bosing va ushlab turing.
Mos holda « » va « » tugmachalarini bosish orqali ham ishga tushirishni
kechiktirish vaqti qiymatini 1 daqiqa qadam bilan orttirish yoki kamaytirish
mumkin. Bunda daqiqaning maksimal (minimal) diapazoniga yetilishi bilan
o'rnatish qaytadan boshlanadi, soat qiymati esa 1 soatga ortadi (kamayadi).
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatish yakunlanishi bilan kiritilgan
o'zgarishlarni tasdiqlash uchun «Меню/ОК» tugmachasini bosing. Kiritilgan
o'zgarishlarni saqlamagan holda kutish rejimiga chiqish uchun «Отмена/
Разогрев» tugmachasini bosing.
Ishga tushirishni kechiktirish funksiyasidan «ЖАРКА», «МАКАРОНЫ»,
«ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ», «ФРИТЮР», «ЭКСПРЕСС» dasturlari va
«МАСТЕРШЕФ» funksiyasi yordamida yaratilgan dasturlardan boshqa barcha
avtomatik dasturlarda foydalanish mumkin.
Reseptda tez buziluvchi mahsulotlardan (tuxum, yangi sut, go'sht, pishloq va
Reseptda tez buziluvchi mahsulotlardan (tuxum, yangi sut, go'sht, pishloq va
boshq.) foydalaniladigan hollarda «Отсрочка старта» funksiyasidan foy-
dalanish tavsiya qilinmadi.
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatishda «ПАР» dasturida vaqt hisobin-
Ishga tushirishni kechiktirish vaqtini o'rnatishda «ПАР» dasturida vaqt hisobin-
ing faqat multipishirgich tomonidan kerakli ishchi haroratga erishilgandan
(jomdagi suv qaynaganidan va yetarli zichlikdagi bug' hosil bo'lganidan so'ng)
keyin boshlanishini hisobga olish lozim.
Tayyor taomlar haroratini ushlab turish (avtomatik isitish)
Bu funksiya tayyorlash dasturi ishi yakunlanishi bilan darhol isitish rejimi av-
tomatik ravishda yonadi va tayyor taom haroratini 12 soat davomida 70–75°С
doirasida ushlab turadi. Avtomatik isitish ishlab turganida «Отмена/Разогрев»
tugmachasi fon chirog'i yonadi, displeyda funksiyaning ishlashi va ushbu re-
jimda ishlash vaqtining to'g'ri hisobi indikatorlari aks ettiriladi. Avtomatik isitish
rejimida ishlash vaqtida displey fon chirog'i to'q sariq rangda bo'ladi.
Funksiyaning ishlashini yankunlash uchun «Отмена/Разогрев» tugmachasini
bosing. Jihoz kutish rejimiga o'tadi.
Avtomatik isitish funksiyasidan «ЙОГУРТ», «РАССТОЙКА ТЕСТА», «МАКАРОНЫ»,
«ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ», «ФРИТЮР» va «ЭКСПРЕСС» dasturlaridan boshqa
barcha avtomatik tayyorlash dasturlarida foydalanish mumkin.
Avtomatik isitishni avvaldan o'chirib qo'yish
Tayyorlash dasturi ishi yakunlangandan keyin avtomatik isitishni yoqib qo'yish
har doim ham zarur bo'lavermaydi. Shuni hisobga olgan holda REDMOND RMC-
260 multipishirgichida asosiy tayyorlash dasturini ishga tushirish yoki uning
ishlash vaqtida ushbu funksiyani avvaldan o'chirib qo'yish imkoniyati ko'zda
tutilgan. Buning uchun dasturni ishga tushirish yoki dastur ishlayotgan vaqtda
«Старт» tugmachasini bosing.
«Старт» tugmachasini bosing.
indikatori va «Отмена/Разогрев» tugma-
chasi fon chirog'i o'chadi, avtomatik isitish funksiyasi o'chirib qo'yiladi. Avtoma-
tik isitishni yana yoqish uchun «Старт» tugmachasini yana bir bor bosing (
indikatori va «Отмена/Разогрев» tugmachasi fon chirog'i yonadi).
Taomlarni isitish
REDMOND RMC-260 multipishirgichidan taomlarni isitish uchun foydalanish
mumkin. Buning uchun:
1. Mahsulotlarni jomga joylashtiring, uni multipishirgich ko'rpusiga o'rnating.
2. Qopqoqni yoping, multipishirgichni elektr tarmog'iga ulang.
3. «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing. Qisqa signal chalinadi. Disp-
leyda tegishli indikator va tugmacha fon chirog'i yonadi. Taymer isitish
vaqtining hisobini boshlaydi.
Jihoz taomni 70–75°С haroratgacha isitadi va uni 24 soat davomida issiq holda
ushlab turadi. Zarur bo'lgan hollarda «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosgan
holda isitishni to'xtatish mumkin. Uzun signal chalinadi, displeydagi tegishli
indikatorlar va tugmachalarning fon chiroqlari o'chadi.
Multipishirgich mahsulotlarni 24 soatgacha isitilgan hold saqlashi mumkin-
ligiga qaramasdan taomlarni ikki-uch soatdan ortiq vaqt davomida isitilgan
holda saqlash tavsiya qilinmaydi, chunki ayrim hollarda bu uning ta'mining
o'zgarishlariga olib kelishi mumkin.