Samsung SM-G313HN Instruções Importantes De Segurança

Página de 778
O'zbek 
746
Xavfsizlik ma’lumoti
Qurilmani ishlatishdan oldin ushbu muhim xavfsizlik ma’lumotlarini 
o‘qib chiqing. U qurilmalar uchun umumiy xavfsizlik ma’lumotlariga 
va Sizning qurilmangizga tegishli bo‘lmagan tarkibga ega bo‘lishi 
mumkin. O‘zingiz va boshqalarga yoki qurilmangizga zarar 
yetkazmaslik uchun ogohlantirish ko‘rsatmalariga rioya qiling.
“Qurilma” termini mahsulot va uning batareyasi, zaryadlash 
qurilmasi, mahsulot bilan birga taqdim etilgan elementlar va 
mahsulot bilan ishlatiladigan barcha Samsung tomonidan 
tasdiqlangan aksessuarlarni bildiradi.
Ogohlantirish
Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal 
qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib 
kelishi mumkin
Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan 
elektr manbai uyasidan foydalanmang
Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qurilma, quvvat kabellari, vilkalari yoki elektr rozetkalarga ho‘l qo‘l 
yoki boshqa ho‘l tana a’zolari bilan teginmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Kabelni chiqarib olayotganda vilkani qattiq tortmang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.
Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab 
bo‘lishi mumkin.