Samsung GE83KRQW-2 Manual Do Utilizador

Página de 192
O'zbek - 14
pechdan foydalanish
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan 
ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini 
o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•  Muzdan tushirish
•  Tezkor isitish/tayyorlash
•  Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar 
aylanuvchi patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis 
taqsimlanadi. Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.  Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) 
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida 
tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning 
quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi 
mumkin:
•  Miqdori va zichligi
•  Tarkibidagi suv miqdori
•  Boshlang'ich harorat (muzlatilganligi yoki yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga 
tayyorlanganligi sababli, taom pechdan olingandan keyin ham taom pishayotgan 
bo'ladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu 
yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
•  Taomni o'rtasigacha bir tekis pishirish
•  Taomning butun hajmi bo'ylab bir xil harorat
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri 
ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. Boshqaruv panelining quyi chap burchagidagi 
katta tugmachani bosgan holda pech eshikchasini oching.
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1.  Qo'shiladigan har 30 soniya uchun +30СЕК (+30s) 
tugmasini bir marta bosing.
2. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Pechdagi suv 4-5 daqiqa davomida isiydi.  
Keyin suv qaynashi kerak.
Pech mos keladigan rozetkaga tiqilgan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis 
o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat 
darajasidan foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt 
talab qilinadi.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   14
2015-01-29     9:25:06