Samsung Индукционная панель NZ6000K с Flex Zone Plus Manual Do Utilizador

Página de 128
O'zbek  25
To
zalash v
a qar
o
v
Plita ramkasi (alohida sotiladi)
OGOHLANTIRISH
Plita ramkasida sirka, limon sharbati yoki qadoq qirgichdan foydalanmang; aks holda och 
rangli dog'lar paydo bo'ladi.
1.  Ramkani nam latta bilan arting.
2.  Qurigan qoldiqlarni ho'l latta bilan yumshating. Artib tashlang va quriting.
Jihozga zarar yetkazmaslik uchun
• 
Plitadan ish stoli sifatida yoki narsalar saqlashda foydalanmang.
• 
Plitada tova bo'lmasa yoki tova bo'sh bo'lsa, pishirish nuqtasini ishga tushirmang.
• 
Keramik shisha juda pishiq va haroratga chidamli, lekin uni sindirish mumkin. Plitaga 
o'tkir yoki qattiq jism tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.
• 
Tovalarni plita ramkasiga qo'ymang. Qoplamasi tirnalishi yoki unga zarar yetishi 
mumkin.
• 
Plita ramkasiga kislotali suyuqliklar to'kmang, masalan, sirka, limon sharbati va 
qadoqni ko'chiruvchi moddalarni, chunki bu suyuqliklar och rangli dog'lar paydo 
qilishi mumkin.
• 
Qaynoq pishirish nuqtasiga shakar yoki shakarli qorishma to'kilsa va erisa, uni 
hali issiqligida darhol oshxona qirgichi bilan olib tashlash lozim. Sovib qolsa, olib 
tashlayotganda yuzaga shikast yetkazishi mumkin.
• 
Eriydigan narsalarni, masalan, plastik, alyumin folga, pech folgalarini keramik shisha 
yuzadan uzoqroqda saqlang. Bironta shunaqa narsa plita ustida erisa, uni darhol 
qirgich bilan olib tashlash lozim.
Muammoli g'ubor
1.  Kuyib yopishgan shakar, erigan plastik, 
alyumin folga yoki boshqa materiallarni 
hali issiqligida darhol shisha qirgichi bilan 
olib tashlang.
OGOHLANTIRISH
Shisha qirgichni qaynoq yuzada ishlatganda 
kuyib qolish xavfi bor:
2.  Plita sovigandan so'ng odatdagidek usulda 
tozalang. Biron narsa erib qolgan nuqta 
sovigan bo'lsa, uni tozalash uchun yana 
isiting.
IZOH
Keramik shisha yuzada, masalan, o'tkir qirrali 
tova qirgan yoki qora dog' hosil qilgan bo'lsa, 
ularni ketkazib bo'lmaydi. Shunday bo'lsa ham, 
ular plitaning ishlashiga xalaqit bermaydi.
NZ64K7757BK_WT_DG68-00791A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   25
2017-02-06     3:07:40