Samsung WF90F5EGU4W Manual Do Utilizador

Página de 184
O’zbek - 30
Paxtadan qilingan buyumlarni dastlabki yuvish
Ushbu kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanilganda quvvat, vaqt, suv va kir yuvish vositasini tejagan holda 
ajoyib kir yuvish natijalariga erishishni ta’minlaydi. Biroq agar paxtadan qilingan buyumlar juda kirlangan bo‘lsa, ularni yuvish uchun oqsillar 
asosidagi kir yuvish vositasi bilan dastlabki yuvish rejimidan foydalaning.
Yuklanish hajmini aniqlash
Kir yuvish mashinasiga ortiqcha yuklanish bermang, aks holda kirlaringiz yaxshi yuvilmay qolishi mumkin. Yuviladigan kir turiga ko‘ra 
yuklanish hajmini aniqlash uchun quyidagi jadvaldan foydalaning.
Mato turi
Yuklanish hajmi (kg)
Хлопок (Paxta)
9,0
Синтетика (Sintetika)
3,5
Джинсы (Jinsi)
3,0
Верхняя одежда (Ko‘cha kiyimlari)
2,0
Шерсть (Jun) 
2,0
Постельное белье (Yotarjoy buyumlari)
2,0
Kirlar tekis taqsimlanmasdan, "UE" xatolik kodi ko‘rsatilsa, kirlarni qayta taqsimlang. Agar kirlar bir tekis taqsimlanmasa, siqish 
samaradorligi pasayishi mumkin.
Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda, yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin.
Yotarjoy buyumlarining yuklanish hajmi ko‘pi bilan 2,0 kg miqdorida tavsiya etiladi.
DIQQAT: Siynabandlarni (suvda yuviladigan) to‘r qoplarga (alohida sotib olinadi) 
joylanganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Siynabandlarning metalldan yasalgan qismlari kirlarni teshib o‘tishi va 
shikastlashi mumkin. Shuning uchun ham ularni mayda to‘rli kir yuvish 
qopchalariga joylash kerak.
• 
Paypoq, qo‘lqop, chulki paypoqlari va ro‘molchalar singari kichkina va yengil 
kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir 
yuvish to‘r qopchalariga joylashtiring.
DIQQAT: Kir yuvish to‘r qopchasining o‘zini yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.
F500E-03367T-00_UZ.indd   30
6/23/2016   2:12:29 PM