Samsung MS22M8074AT Manual Do Utilizador

Página de 144
Pechdan foydalanish
14  O'zbek
Pechdan foydalanish
Taom tayyorlashni to'xtatish
Tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin, bu quyidagi harakatlarni bajarishga imkon beradi:
• 
Taom tayyorlashni nazorat qilish
• 
Taomni ag'darish yoki aralashtirish
• 
Dimlab pishirish uchun qoldirish
Tayyorlash jarayonini 
to'xtatish uchun...
Quyidagilarni bajaring...
Vaqtinchalik
• 
Eshikchani oching yoki СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bir marta 
bosing.
Taom tayyorlash to'xtatiladi.
• 
Tayyorlashni davom ettirish uchun yana eshikni yoping va СТАРТ/+30СЕК 
(BOSHLASH/+30s)
 tugmasini bosing.
To'liq
• 
СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bir marta bosing.
Taom tayyorlash to'xtatiladi.
• 
Pishirish sozlamalarini bekor qilmoqchi bo'lsangiz, yana СТОП/ЭКО 
(TO‘XTATISH/EKO)
 tugmasini bosing.
Quvvatni tejash rejimini o'rnatish
Bu pechda quvvatni tejash rejimi bor.
• 
СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing.
Displey o'chadi.
• 
Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshigini oching 
yoki СТОП/ЭКО (TO‘XTATISH/EKO) tugmasini bosing, 
keyin displeyda joriy vaqt ko'rsatiladi. Pech foydalanish 
uchun tayyor bo'ladi.
IZOH
Avtomatik energiyani tejash funksiyasi
Agar moslama sozlashning o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtash holatida ishlayotgan bo'lganda hech qanday funksiyani 
tanlamasangiz, 25 daqiqadan keyin funksiya bekor qilinadi va soat ko'rsatiladi.
Pech chirog'i eshigi ochiq holatda 5 daqiqadan keyin o'chadi.
Sensorli tayyorlash funksiyalaridan foydalanish
Сенсорное приготовление (Sensorli tayyorlash) funksiyalari avvaldan dasturlangan 7 ta tayyorlash vaqtiga ega. 
Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi. Сенсорное приготовление (Sensorli 
tayyorlash)
 toifasini rostlash uchun Yuqoriga va Pastga tugmasini bosing.
IZOH
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
1
1.  Сенсорное приготовление (Sensorli tayyorlash) 
tugmasini bosing.
2
2.  Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, tayyorlanayotgan 
taom turini tanlang. (Avvaldan dasturlashtirilgan turli 
qizdirish rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda 
keltirilgan.)
3
3.  СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Tayyorlash boshlanadi.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi 
tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) 
beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan foydalaning.
Untitled-1   14
2017-03-28     12:18:05