Справочник Пользователя для Redmond RMC-260

Скачать
Страница из 120
87
RMC-260
UZB
«Bolalardan himoya qilish» funksiyasi
Qo'shimcha xavfsizlikni ta'minlash uchun REDMOND RMC-260 multipishirgich-
ida bolalardan himoya qilish funksiyasi ko'zda tutilgan. U tugmachalarning 
tasodifan bosilishining oldini oladi. Bolalardan himoya qilish funksiyasini jihoz 
ishlayotgan rejimga bog'liq bo'lmagan holda (avtomatik tayyorlash dasturini 
tanlash rejimidan boshqa) faollashtirish mumkin.
Ushbu funksiyani yoqish uchun multipishirgich ishlayotgan istalgan rejimda «
» va « » tugmachalarini bir vaqtda bosing va 5 soniya ishlab turing. Disp-
leyda 
 indikatori paydo bo'ladi. Bolalardan himoya qilish funksiyasini o'chirish 
uchun yana « » va « » tugmachalarini bosing va 5 soniya ushlab turing.
Bolalardan himoya qilish funksiyasini yoqish/o'chirish avtomatik tayyorlash 
dasturlari, funksiyalar va jihoz rejimlari ishiga ta'sir ko'rsatmaydi.
«МАСТЕРШЕФ» funksiyasi
Yangi «МАСТЕРШЕФ» funksiyasi bilan oshpazlik ijodingiz uchun yanada ko'proq 
imkoniyatlarni oching! «МУЛЬТИПОВАР» dasturi u ishga tushgunicha dastur 
ishining parametrlarini berishga imkon bersa, «МАСТЕРШЕФ» funksiyasidan 
foydalangan holda siz sozlanmalarni keyinchalik saqlamasdan to'g'ridan-to'g'ri 
tayyorlash jarayonida o'zgartirishingiz mumkin.
U aynan sizning istaklaringizga mos bo'lishi uchun siz doimo har qanday dastur 
ishini sozlashingiz mumkin. Sho'rva qaynab ketdimi? Sutli bo'tqa "qochib keta-
yaptimi"? Sabzavotlar bu'da xaddan tashqari uzoq vaqtda tayyor bo'layaptimi? 
Plita yoki duxovkada tayyorlaganingiz kabi dastur ishini to'xtatmagan holda 
tayyorlash harorati yoki vaqtini o'zgartiring. Dasturingizni yangi sozlanmalar 
bilan birga saqlang va doimo xatosiz natijaga erishish uchun undan kelajakda 
foydalaning.
«МАСТЕРШЕФ» funksiyasidan «ПАР», «ПЛОВ», «ЙОГУРТ», «РАССТОЙКА 
ТЕСТА», «ХЛЕБ», «МАКАРОНЫ», «ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ», «ФРИТЮР» va 
«ЭКСПРЕСС» avtomatik dasturlarida foydalanib bo'lmaydi.
«МАСТЕРШЕФ» funksiyasi dastur ishlayotgan vaqtda tayyorlash vaqti va haro-
ratini 9 martagacha o'zgartirish va o'lingan o'zgartirishlar ketma-ketligini 
mavjud 20 ta qo'shimcha xotira yacheykalaridan biriga saqlashga imkon be-
radi. «МАСТЕРШЕФ» funksiyasidan foydalanganda haroratni 35°С dan 180°С 
gacha bo'lgan diapazonda 1°С ga teng qadam bilan o'zgartirish mumkin. Tayy-
orlash  vaqtini  o'zgartirish –  1  daqiqa  qadam  bilan  00:01  soatdan  15:00  
soatgacha.
Tayyorlash dasturini tanlash zonasida sozlanmalar har safar o'zgartirilganda 
МАСТЕРШЕФ N yozuvi (bu yerda N – dasturga kiritilayotgan o'zgarishning 
tartib raqami), mahsulotni tanlash zonasida esa – 
 indikatori paydo 
bo'ladi. 10-o'zgarishni kiritishga urinishda displeyda mahsulotni tanlash zo-
nasida 
 indikatori paydo bo'ladi, uch marta qisqa signal beriladi. O'zgarish 
amalga oshmaydi, dastur avvalroq berilgan parametrlar bilan ishlashni davom 
ettiradi.
Vaqt yoki haroratni o'zgartirmasdan turib avtomatik isitishni yoqish/o'chirish 
alohida o'zgarish hisoblanmaydi.
Siz turli tayyorlash dasturlaridan birgalikda foydalanishni talab qiluvchi mu-
rakkab  reseptlar  bo'yicha  taom  tayyorlayotgan  hollarda  (masalan,  
do'lma, befstogon, sho'rva va turli reseptlar bo'yicha pasta, jemlar kabilarni 
tayyorlaganda)  «МАСТЕРШЕФ»  funksiyasi  ayniqsa  foydali  bo'lishi  
mumkin.
Tayyorlash haroratini o'zgartirish uchun:
1.  Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda «Температура°С» tugmachasini 
bosing va ushlab turing. Musiqaviy signal chalinadi, displeyda harorat 
indikatori miltillay boshlaydi.
2.  Kerakli haroratni o'rnating. Orttirish uchun « » tugmachasini, kamaytirish 
uchun esa – « » tugmachasini bosing. Qiymatni tez o'zgartirish uchun 
kerakli tugmachani bosing va ushlab turing. Harorat qiymatining maksimal 
(minimal) qiymatiga yetganda haroratni o'rnatish diapazonning boshidan 
boshlanadi.
3.  Boshqarish panelidagi tugmachalarni 5 daqiqa bosmay turing. O'zgarishlar 
avtomatik ravishda saqlanadi.
Tayyorlash harorati 130°С dan balandga o'rnatilgan hollarda ortiqcha qizib 
ketishdan himoya qilish uchun dasturning ishlash vaqti ikki soat bilan chek-
lanadi.
Tayyorlash vaqtini o'zgartirish uchun:
1.  Tayyorlash dasturi ishlayotgan vaqtda «Время/Отсрочка» tugmachasini 
bosing va ushlab turing. Musiqaviy signal chalinadi, displeyda vaqt indi-
katori miltillay boshlaydi.
2.  Kerakli tayyorlash vaqtini o'rnating. 1 soatga teng qadam bilan orttirish 
uchun «Час» tugmachasini, 1 daqiqaga teng qadam bilan orttirish uchun 
esa  –  «Мин»  tugmachasini  bosing.  Soat  va  daqiqa  qiymatlarining  
ortishi bir-biriga bog'liq bo'lmagan holda yuz beradi. Maksimal qiymatga 
yetganda  o'rnatish  diapazonning  boshidan  boshlanadi.  Qiymatni  
tez  o'zgartirish  uchun  kerakli  tugmachani  bosing  va  ushlab  
turing. 
Mos holda « » va « » tugmachalarini bosish orqali ham vaqt qiymatini 1 
daqiqa qadam bilan orttirish yoki kamaytirish mumkin. Bunda daqiqaning 
maksimal (minimal) diapazoniga yetilishi bilan o'rnatish qaytadan boshla-
nadi, soat qiymati esa 1 soatga ortadi (kamayadi). 
3.  Boshqarish panelidagi tugmachalarni 5 daqiqa bosmay turing. O'zgarishlar 
avtomatik ravishda saqlanadi.
Tayyorlash  vaqtining  qiymati  00:00  ga  o'rnatilsa,  dasturning  ishlashi  
to'xtatiladi.
O'zgarishlarni daqiqasiga 1 martadan ko'p amalga oshirmaslik kerak, chunki 
bu holda faqat so'nggi sozlanmalar saqlanadi. Agar tayyorlash harorati va 
vaqtini bir vaqtda o'zgartirish zarur bo'lsa, harorat yoki vaqt sozlanmalarini 
o'zgaritish  yakunlanishi  bilanoq  darhol  «Время/Отсрочка»  yoki 
«Температура°С» tugmachasini bosing. Bu holda parametrlar bitta o'zgarish 
sifatida saqlanadi.
Yakka tartibdagi tayyorlash dasturini saqlash
Tayyorlash dasturi yakunlanishi bilan yoki «Отмена/Разогрев» tugmachasi 
bosilganda uch marta qisqa signal chalinadi, avtomatik tayyorlash dasturini 
tanlash zonasida esa ПРОГРАММА N ЗАПИСАТЬ? (N DASTUR YOZILSINMI?) (bu 
yerda N – yozilayotgan dasturning tartib raqami) yozuvi paydo bo'ladi. Harorat 
indikatorining o'rnida 180 yozuvi namoyish qilinadi va soniyalardagi teskari 
hisob boshlanadi. 
Dasturni saqlash uchun «Меню/ОК» tugmachasini bosing. Uzun signal chali-
nadi, amalda ishlab chiqilgan dastur yozib olinadi. Saqlamasdan chiqish uchun 
«Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing. 180 soniya davomida «Меню/ОК» 
tugmachasi bosilmagan hollarda ham fastur yoziladi.
Yozib olingan yakka tartibdagi dasturga dastur ishi yakunlanishi vaqtida 
o'rnatilgan avtomatik isitish funksiyasi holati salqanadi.
Yakka tartibdagi tayyorlash dasturini ishlatish
Yakka tartibdagi tayyorlash dasturi avtomatik tayyorlash dasturlari ro'yxatida 
paydo bo'ladi. Ishga tushirish uchun ro'yxatdan dasturni tanlang va «Старт» 
tugmachasini bosing.
Yakka tartibdagi dasturning bajarilish vaqtida har bir o'zgarish nuqtasidan o'tish 
vaqtida ikki marta qisqa signal chalinadi.
Yakka tartibdagi dasturlarga avtomatik dasturlar bilan bo'lgani kabi o'zagrishlar 
kiritish mumkin. Biroq yangi o'zgarishlarni kiritilishi dasturning keyingi ishlashi 
vaqtida kuchga kirishi kerak bo'lgan mavjudlarini bekor qiladi. Taom tayyor-
lashdan keyin o'zgarishlarning joriy ketma-ketligi saqlangan hollarda ular 
yangi dastur sifatida saqlanadi. Bunda boshlang'ich yakka tartibdagi dastur 
ham jihoz xotirasiga saqlanadi.
Yakka tartibdagi tayyorlash dasturini o'chirish
« » va « » tugmachalaridan foydalanib yakka tartibdagi dasturlar menyu-
sida o'chirmoqchi bo'lgan dasturni tanlang. «Меню/ОК» tugmachasini bosing 
va bir necha soniya ushlab turing. Qisqa signal chalinadi. Tayyorlash dasturini 
tanlash zonasida ПРОГРАММА N УДАЛИТЬ? (N-DASTUR O'CHIRILSINMI?) (bu 
yerda N – yakka tartibdagi dasturning tartib raqami) yozuvi paydo bo'ladi.
Dasturni  o'chirishni  tasdiqlash  uchun  «Меню/ОК»  tugmachasini  bosing. 
O'chirishni bekor qilish uchun «Отмена/Разогрев» tugmachasini bosing 
Yakka tartibdagi dastur o'chirilganda dasturlarning raqamlash tartibi saqla-
nadi. Agar xotiraga «ПРОГРАММА 1» («1-DASTUR»), «ПРОГРАММА 2» («2-DAS-
TUR»)  va  «ПРОГРАММА  3»  («3-DASTUR»)  saqlangan  bo'lsa,  keyin  esa 
«ПРОГРАММА 2» («2-DASTUR»), o'chirilgan bo'lsa, menyuda «ПРОГРАММА 1» 
(«1-DASTUR») banddan keyin «ПРОГРАММА 3» («3-DASTUR») joylashadi.
Barcha yakka tartibdagi tayyorlash dasturlarini o'chirish
Barcha yakka tartibdagi dasturlarni o'chirish uchun kutish rejimida «Продукт» 
va «Время/Отсрочка» tugmachalarini bosing va bir necha soniya ushlab turing. 
Qisqa signal chalinadi. Tayyorlash dasturini tanlash zonasida ПРОГРАММЫ 
УДАЛИТЬ? (DASTURLAR O'CHIRILSINMI?) yozuvi paydo bo'ladi. Barcha yakka 
tartibdagi  dasturlarni  o'chirish  uchun  «Меню/ОК»  tugmachasini  
bosing.  O'chirishni  bekor  qilish  uchun  «Отмена/Разогрев»  tugmachasini  
bosing 
Sifatli natijani olish uchun REDMOND RMC-260 multipishirgichiga ilova qili-
nadigan, ushbu model uchun maxsus ishlab chiqilgan pazandachilik kitobidan 
olingan taom tayyorlash bo'yicha reseptlardan foydalanishni taklif qilamiz. Te-
gishli reseptlarni siz yana www.multivarka.pro saytidan ham olishingiz mumkin.
Agar sizningcha oddiy avtomatik dasturlarda istalgan natijaga erishilmagan 
bo'lsa, pazandachilik tajribalari uchun ulkan imkoniyatlarni ochib beruvchi qo'lda 
sozlashning kengaytirilgan diapazoniga ega bo'lgan «МУЛЬТИПОВАР» univer-
sal dasturidan foydalaning.
Avtomatik  dasturlaridan  foydalangandagi  harakatlarning  
umumiy tartibi
1.  Kerakli masalliqlarni tayyorlang (o'lchang).
2.  Masalliqlarni multipishirgich jomiga soling va jihoz korpusiga qo'ying. 
Barcha masalliqlar, jumladan suyuqlikning jom ichki yuzasidagi maksimal 
belgidan ortib ketmasligini kuzatib boring.
3.  Jomning nuqsonlarsiz o'rnatilganligiga va qizdirish elementiga zich tegib 
turganligiga ishonch hosil qiling. Multipishirgich qopqog'ini tiqillagan 
tovush chiqargan holda yoping. Jihozni elektr tarmog'iga ulang.
4.  «Меню» tugmachasini bosgan holda tayyorlash dasturini tanlang. Menyu 
bo'yicha o'tish uchun « » va « » tugmachalarini bosing. Vadastur indi-
katori displeyda quyuq shrift bilan ajratiladi.
5.  Mahsulot tanlash rejimiga o'tish uchun «Продукт» tugmachasini bosing. 
« » va « » tugmachalarini bosgan holda ro'yxatdan qayta ishlanayot-
gan mahsulot turini tanlang (tegishli indikator displeyda quyuq shrift 
bilan ajratib ko'rsatiladi).
6.  Standart bo'yicha o'rnatilgan tayyorlash vaqtini o'zgartirish uchun «Время/
Отсрочка» tugmachasini bosing. Vaqt indikatori miltillay boshlaydi. Istal-
gan tayyorlash vaqtini o'rnatish uchun «Час» va «Мин» yoki « » va «
» tugmachalarini bosing.
«ПАР» dasturida tayyorlash vaqtining teskari hisobi jomdagi suv qaynaganidan 
va yetarli zichlikka ega bo'lgan bug' hosil bo'lganidan keyin «ФРИТЮР» das-
turida  esa  –  yog'  qaynadanidan  keyin,  «МАКАРОНЫ»  va  «ПЕЛЬМЕНИ/
ХИНКАЛИ» dasturlarida esa suv qaynaganidan va «Старт» tugmachasi 
qayta bosilganidan keyin boshlanishini yodda tuting.
7.  Zarur bo'lgan hollarda dasturni ishga tushirishni kechiktirish vaqtini 
o'rnating.
«ЖАРКА»,  «МАКАРОНЫ»,  «ПЕЛЬМЕНИ/ХИНКАЛИ»,  «ФРИТЮР»  va 
«ЭКСПРЕСС» dasturlaridan foydalanganda ishga tushirishni kechiktirish funk-
siyasidan foydalanib bo'lmaydi.