Справочник Пользователя для Samsung RB6000KC Нижняя морозильная камера с технологией Space Max™, 344 л

Скачать
Страница из 200
O'zbek  39
Ishlatish amallari
06  Tarmoq aloqasi
Samsung Smart Home ilovasi orqali sovitkichni boshqarish uchun ixtiyoriy ravishda Smart Home 
kalitidan foydalanish mumkin (alohida sotiladi). Samsung Smart Home to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot 
uchun Samsung Smart Home bo‘limini ko‘ring.
IZOH
•  Tavsiya qilingan shifrlash tizimlariga WPA/TKIP va WPA2/AES kiradi. Bundan yangiroq yoki 
standartlashtirilmagan Wi-Fi autentifikatsiya protokollari bilan ishlamaydi. 
•  Simsiz tarmoqlarga atrofdagi simsiz aloqa muhiti ta'siri ko'rsatishi mumkin.
•  Agar internet provayderingiz qurilmani aniqlash uchun kompyuter yoki modemingizning MAC 
manzilini ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, Samsung Smart sovitkichi internetga ulana olmasligi 
mumkin. Bu holat ro‘y bersa, texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling.
•  Tarmoq tizimining fayrvol sozlamalari Samsung Smart sovitkichini internetga ulanishiga yo‘l 
qo‘ymasligi mumkin. Texnik yordam uchun internet provayderiga murojaat qiling. Bu holat davom 
etsa, mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markazi yoki sotuvchiga murojaat qiling.
•  Simsiz kirish nuqtasi (KN) sozlamalarini sozlash uchun KN foydalanuvchi qo‘llanmasiga qarang.
•  Samsung Smart Home kaliti xususiyatiga ega Samsung Smart sovitkichlari ham IEEE 802.11 b/g/n 
xususiyatli Wi-Fi 2.4 Ggs, ham bevosita Soft-AP protokollarini qo'llab-quvvatlaydi (IEEE 802.11 n 
tavsiya etiladi).
•  Tasdiqdan o‘tmagan Wi-Fi simsiz routerlar tegishli Samsung sovitkichlariga ulanmasligi mumkin.
Untitled-12   39
2016-08-19     4:51:12