Справочник Пользователя для Samsung GE712KR

Скачать
Страница из 88
8
O'ZBEK
MIKROTO'LQINLI PECHNI O'RNATISH
Pechni poldan taxminan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o'rnating. Yuza 
pechning og'irligini xavfsiz darajada ko'tarishi uchun yetarlicha mustahkam bo'lishi 
kerak.
1.  Pechni o'rnatish paytida, pechning orqa va yon devorlari 
uchun kamida 10 sm (4 dyuym), ustki qopqog'i uchun 
20 sm (8 dyuym) joy qoldirish bilan pech uchun normal 
ventilyatsiya borligiga ishonch hosil qiling.
2.  Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib 
oling. 
Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o'rnating. 
Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.
3.  Ushbu pech elektr manbaiga ulash vilkasidan osongina foydalanish mumkin 
bo'lgan tarzda joylashtirilishi kerak.
Agar elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab 
chiqaruvchi, yoki uning xizmat ko'rsatish bo'yicha vakolatli agentidan xarid 
qilinishi mumkin bo'lgan elektr tarmog'iga ulanish to'plamiga almashtirish zarur.  
Xavfsizlikni ta'minlash uchun elektr kabeli vilkasini 230 V, 50 Gts bo'lgan 
o'zgaruvchan tok tarmog'ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli rozetkasiga ulang. 
Agar ushbu qurilmaning elektr kabeli shikastlangan bo'lsa, uni maxsus kabel 
bilan almashtirish zarur.
Mikroto'lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona plitasi yoki 
isitish radiatori yoniga o'rnatmang. Pech iste'mol qiladigan quvvatni inobatga 
olish zarur va har qanday uzaytirgich pech bilan birga yetkazib berilgan tarmoq 
shnurining xuddi shu standartiga mos kelishi kerak. Mikroto'lqinli pechni ilk 
marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va eshikchaning zichlagichini nam 
latta bilan arting.
NIMADANDIR SHUBHALANSANGIZ YOKI MUAMMO 
TUG'ILSA, NIMA QILISH KERAK
Agar sizda quyida keltirilgan muammolardan birortasi mavjud bo'lsa, berilgan maslahatlar bilan 
hal qilishga harakat qiling.
Bu oddiy holat.
•  Pech ichida namlikning kondensatsiyalanishi.
•  Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi havo oqimi.
•  Eshikcha va tashqi qoplama atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
•  Eshikcha perimetri bo'ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan bug'.
TAYMER dastasi buralganda pech ishga tuhsmayapti.
•  Eshikcha to'liq yopilganmi?
Taom umuman tayyorlanmayapti.
•  Taymerni to'g'ri o'rnatdingizmi?
•  Eshikcha yopilganmi?
•  Elektr tarmog'idagi yuklamani oshirib yubormadingizmi va eruvchan saqlagichning 
kuyishiga yoki himoya avtomatining ishlab ketishiga sabab bo'lmadingizmi?
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
•  Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to'g'ri tanlanganmi?
•  Quvvatning tegishli darajasi tanlanganmi?
Pechda uchqunlanish va qarsillash (elektr yoyi) kuzatilmoqda.
•  Metall bezagi bor idishdan foydalanmayapsizmi?
•  Pechda vilka yoki boshqa metall buyumlarni qoldirmaganmisiz?
•  Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganmi?
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
•  Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz shovqinlar kuzatilishi 
mumkin. Bu oddiy holat. Bu muammoni hal qilish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki 
antennalardan uzoqroqda o'rnating.
Chiroq ishlamayapti.
  Xavfsizlik choralari uchun chiroqni o'zingiz almashtirmasligingiz kerak. Iltimos, chiroqni 
malakali muhandis almashtirishini kelishtirish uchun eng yaqin joylashgan vakolatli 
Samsung-ning mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Dastlabki ishlatishda tutun va yomon hid chiqishi.
  Bu yangi isitish qismlari tomonidan vaqtinchalik holatdir. 10 daqiqa ishlatilgandan so'ng 
tutun va hid butunlay yo'qoladi. 
Hidni tezroq yo'q qilish uchun mikroto'lqinli pechni taom qo'yish bo'lmasiga limon yoki 
limon sharbati qo'ygan holda ishlating.
Agar yuqoridagi ko'rsatmalar yordamida muammoni hal qilib bo'lmasa, o'zingizning 
mahalliy dileringizga yoki SAMSUNG kompaniyasining mijozlarga xizmat ko'rsatish 
bo'yicha mahalliy markaziga murojaat qiling.
orqadan 
10 sm
yuqoridan 
20 sm
yon tomondan 
10 sm
poldan 
85 sm
GE711KR_BWT_DE68-04100A-03_UZ.indd   8
2014-07-16     7:23:39