Справочник Пользователя для Samsung GE712KR

Скачать
Страница из 88
13
O'ZBEK
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLAR
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va 
singgan holda deyarli taomning ichiga kiradi. 
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu 
molekulalarning tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil 
bo'lgan issiqlik esa taomni tayyorlaydi. 
TAOM TAYYORLASH
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash 
uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar 
zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol, 
shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning 
uchun tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan 
yoki muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli 
mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana 
souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni 
ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har 
qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki 
shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan 
suv tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni yopib 
qo'yishning turli usullaridan foydalanish mumkin: masalan, sopol tarelka, plastmassa 
qopqoq yoki mos yopishqoq plenkadan foydalanish mumkin.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha 
haroratning tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni 
yopgan holda jadvalda ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin 
istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta 
aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki qaymoq 
qo'shing. Kutish vaqtida yopib qo'ying. 
Taom
Porsiya
Quvvat
Vaqt 
(daq.)
Ushlab 
turish vaqti 
(daq.)
Ko'rsatmalar
Ismaloq
150 g
600 Vt
5½-6½
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
Brokkoli
300 g
600 Vt
10-11
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
No'xot
300 g
600 Vt
8-9
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
Ko'k loviya
300 g
600 Vt
10-11
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
Sabzavotlar 
aralashmasi (sabzi/
no'xot/makkajo'xori)
300 g
600 Vt
9-10
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
Sabzavotlar 
aralashmasi 
(xitoycha uslubda)
300 g
600 Vt
8½-9½
2-3
15 ml (1 osh qoshiq) 
sovuq suv qo'shing.
GE711KR_BWT_DE68-04100A-03_UZ.indd   13
2014-07-16     7:23:40