Справочник Пользователя для Samsung GE712KR

Скачать
Страница из 88
21
O'ZBEK
MIKROTO'LQINLI PECHNI TOZALASH
Mikroto'lqinli pechingizda yog'li kirlar va ovqat zarrachalari to'planishining oldini olish 
uchun uning quyidagi qismlarini muntazam tozalab turish kerak:
•  Pechning ichki va tashqi yuzalari
•  Pech eshikchasi va eshikcha zichlagichlari
•  Aylanuvchi patnis va rolikli taglik
Doimo eshikcha zichlagichlarini toza saqlang va eshikchaning zich yopilishini 
nazorat qiling.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, 
bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli 
holatlarga olib kelishi mumkin.
1.  Pechning tashqi yuzalarini yumshoq latta va iliq sovunli suv bilan tozalang. Yuvib 
tashlang va arting.
2.  Ichki yuzalari yoki rolikli taglikdan barcha tomchilar va dog'larni sovunli suvda 
ho'llangan latta bilan arting. Yuvib tashlang va arting.
3.  Qotib qolgan ovqat zarralarini yumshatish va hidlarni yo'q qilish uchun limon 
sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying va o'n daqiqa 
davomida quvvatning maksimal darajasida isiting.
4.  Aylanuvchi patnisni zaruratga qarab yuving.
Ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishiga yo'l qo'ymang. Hech qachon 
abraziv mahsulotlar yoki kimyoviy erituvchilardan foydalanmang. Zarrachalarning 
qolmaganligiga ishonch hosil qilish uchun eshik zichlagichlarini tozalaganda 
alohida e'tibor bering:
•  ularda ovqat zarrachalari to'planib qolmasligiga
•  eshikning normal yopilishiga xalaqit bermasligiga alohida e'tibor qarating
Ichki kamerani pechdan har bir foydalanishdan keyin yumshoq yuvish vositasi 
eritmasidan foydalangan holda tozalang, biroq kuyishning oldini olish uchun 
avval pech ichki kamerasi devorlarining sovushini kuting.
TEXNIK XUSUSIYATLAR
SAMSUNG kompaniyasi o'z mahsulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib 
boradi. Dizayn xususiyatlari va mazkur qo'llanma oldindan xabardor qilinmasdan 
o'zgartirilishi mumkin. 
Model 
GE711KR, GE712KR, GE713KR
Elektr toki manbai
230 V ~ 50 Gts
Iste'mol qilinadigan quvvat
Mikroto'lqin
Gril
Birgalikdagi rejim
1150 Vt
1100 Vt
2250 Vt
Ishlab chiqilayotgan quvvat
100 Vt / 750 Vt (IEC-705)
Ishchi chastotasi
2 450 MGts
Magnetron
OM75S(31)
Sovutish usuli
Sovutuvchi elektr ventilyator
Gabarit o'lchamlari (K x B x G)
Tashqi qismi
Pechning ichki kamerasi
489 x 275 x 361 mm
330 x 211 x 309 mm
Kamerasining hajmi
20 litr
Og'irligi
Sof og'irligi
Taxminan 12,5 kg
GE711KR_BWT_DE68-04100A-03_UZ.indd   21
2014-07-16     7:23:41