Samsung RS57K4000SA 用户手册

下载
页码 160
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Muzlatgichni boshqa joyga ko'chirish vaqtida jihozni o'zining elektr kabeli ustidan surish yoki 
kabelning shikastlanishidan ehtiyot bo'ling.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Hech qachon sovitgichingizni simidan tortib rozetkadan ajratmang. Doimo vilkani mahkam 
ushlab rozetkadan qiyshaytirmasdan tortib ajrating.
-  Elektr simining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong'in va/yoki elektr toki urishiga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgich yaqinida aerozol ishlatmang.
-  Muzlatgich yaqinida aerozol ishlatilsa, portlashi yoki yong‘in chiqishi mumkin.
•  Jihozni isitgich va yonuvchi material yoniga o'rnatmang.
•  Gaz chiqishi mumkin bo'lgan joylar oldiga ushbu jihozni o'rnatmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Ushbu muzlatgichdan foydalanishni boshlashdan avval uni ko'rsatmalarga muvofiq tegishli 
ravishda joylashtirish va o'rnatish shart.
•  Elektr vilkani elektr manbasiga to'g'ri holatda ulang va kabel pastga osilib turishi kerak.
-  Agar vilka yuqori qismi pastga qaragan holda ulansa, kabel qirqilib ketishi va yong'inga yoki 
elektr tokdan zarba olishga sabab bo'lishi mumkin.
•  Elektr kabeli vilkasi muzlatgichning orqa tomonida qisib qolmagani yoki shikastlanmaganiga 
ishonch hosil qiling.
•  O'rama materiallarni bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
-  O'rama materiallarni bolalar boshiga kiyib olib havo yetishmasdan bo'g'ilib qolib o'limga 
sabab bo'lish xavfi bor.
•  O'rnatgandan keyin vilkadan oson foydalanish uchun muzlatgich kamerani qulay joylashtirish 
kerak.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki chiqib ketishi sababli elektr toki urishi yoki yong'inga 
olib kelishi mumkin.
•  Ushbu muzlatgichni nam, yog'li yoki chang bosgan joylar, to'g'ridan-to'g'ri quyosh va suv 
(masalan, yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.
-  Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishiga yoki yong'inga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Agar muzlatgichda chang yoki suv hosil bo‘lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat manbaidan 
uzing va Samsung Electronics xizmat ko‘rsatuvchi markaziga murojaat qiling.
-  Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.
•  Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy 
reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang.
-  Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Mahsulotni rozetkaga joylashtirib ishga tushirishdan avval barcha himoya plastik selofanlarni 
olib tashlashingiz kerak.
Untitled-33   6
2016-03-17     6:19:12