Samsung RS57K4000SA 用户手册

下载
页码 160
Xizmat ko‘rsatish
O'zbek
48 
Xizmat ko‘rsatish
IZOH
•  Yangi o‘rnatilgan filtr tufayli dispenserdan suv otilib chiqishi mumkin. Chunki vodoprovodga 
havo kirgan bo‘ladi.
•  Almashtirish jarayonida muzlatgichdan polga suv tomishi mumkin. Bu holda quruq latta bilan 
artib oling.
Teskari osmosli suvni filtrlash tizimi
Teskari osmosli suvni filtrlash tizimiga keladigan suv bosimi 35 psi va 120 psi (241 kPa va 827 kPa) 
orasida bo‘lishi lozim.
Teskari osmosli suvni filtrlash tizimidan muzlatgichning sovuq suv tizimiga ketadigan suv bosimi 
kamida 40 psi (276 kPa) bo‘lishi lozim. Agar suv bosimi keltirib o‘tilganidan past bo‘lsa:
•  Teskari osmosli tizimdagi cho‘kindi filtri tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin. Zarur bo‘lsa, filtrni 
almashtiring.
•  Teskari osmosli tizimdagi suv idishini to‘ldiring.
•  Muzlatgichda suv filtri bor bo‘lsa, uni teskari osmosli tizim bilan birgalikda ishlatilganida, u suv 
bosimini yanada pasaytirishi mumkin. Suv filtrini olib tashlang.
Ko‘proq ma’lumot yoki xizmat ko‘rsatish uchun litsenziyali santexnik mutaxassisga murojaat qiling.
Yangi filtrga buyurtma berish
Yangi suv filtrini xarid qilish uchun (qism turi: HAFEX/EXP), mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish 
markaziga murojaat qiling.
Chiroqlar
Chiroqlarni foydalanuvchi almashtira olmaydi. Muzlatgich chiroqlarini almashtirish uchun mahalliy 
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Untitled-33   48
2016-03-17     6:19:21