Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л 用户手册

下载
页码 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O'zbek
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•  Elektr kabeli vilkasi sovitkichning orqa tomonida qisilib qolmagani yoki shikastlanmaganiga 
ishonch hosil qiling.
•  O'rama materiallarni bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
-  O'rama materiallarni bolalar boshiga kiyib olib havo yetishmasdan bo'g'ilib qolib o'limga 
sabab bo'lish xavfi bor.
•  O'rnatgandan keyin vilkadan oson foydalanish uchun jihozni qulay joylashtirish kerak.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki chiqib ketishi sababli elektr toki urishi yoki yong'inga 
olib kelishi mumkin.
•  Ushbu jihozni nam, yog'li yoki chang bosgan joylar, to'g'ridan-to'g'ri quyosh va suv (masalan, 
yomg'ir tomchilari ostiga) ta'siri ostidagi joylarga o'rnatmang.
-  Elektr qismlaridagi qoplamaning shikastlanishi elektr toki urishi yoki yong'inga sabab bo'lishi 
mumkin.
•  Agar sovitkichda chang yoki suv hosil bo‘lsa, elektr quvvat vilkasini elektr quvvat manbaidan 
uzing va Samsung Electronics xizmat ko‘rsatuvchi markaziga murojaat qiling.
-  Aks holda, yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.
•  Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy 
reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang.
-  Bu tok urishi, yong'in, portlash, mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab 
bo'lishi mumkin.
•  Mahsulotni rozetkaga joylashtirib, ishga tushirishdan avval barcha himoya plastik selofanlarni 
olib tashlashingiz kerak.
•  Bolalarning eshik sozlanishi uchun qo'llaniladigan tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini 
o'ynamasliklari nazorat qilinishi kerak.
-  Bolaning tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini yutib yuborish natijasida bo'gi'lib 
qolib, o'limga sabab bo'lish xavfi mavjud. Tirgovuch halqalar yoki suv naycha xomutlarini 
bolalarning qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
•  Sovitkich xavfsiz tarzda yerga ulanishi shart.
-  Jihozni ko'zdan kechirish yoki tuzatishga harakat qilganingizda doimo uning yerga 
ulanganligiga ishonch hosil qiling. Ochiq elektr toki jiddiy tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Gaz quvurlari, telefon liniyalari yoki boshqa uchqun chiqazishga qodir sim chiviqlardan ushbu 
jihozni yerga ulash uchun foydalanmang.
-  Sovitkichdagi elektr kuchlanishining ochiqligi natijasida elektr quvvatning har qanday ochiq 
holatini yuzaga kelishi yoki tok urishining oldini olish uchun uni yerga ulab qo'yishingiz zarur.
-  Bu tok urishi, yong'in, portlash yoki mahsulot bilan bog'liq muammolarga sabab bo'lishi 
mumkin.
•  Elektr quvvati vilkasini devordagi rozetkaga tiqing. Shikastlangan elektr quvvati vilkasi, elektr 
kabeli yoki liqillab turgan rozetkadan foydalanmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Untitled-3   6
2017-02-06     6:02:55