Samsung RF9000 Холодильник с трёхконтурной системой охлаждения Triple Cooling, 611 л 用户手册

下载
页码 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
O'zbek
10 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar
•  Ushbu sovitkich faqat uy muhitida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchungina mo'ljallangan.
•  Sovitkichni o'zboshimcha tuzatish, qismlarga ajratish yoki unga o'zgartirish kiritishga harakat 
qilmang.
•  Ruxsat berilmagan o'zgartirishlar xavfsizlik bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin. 
Ruxsat berilmagan o'zgartirishlarni qayta tiklash uchun biz ehtiyot qismlar va mehnat haqi 
to'lovini to'liq hajmda olamiz.
•  Standart saqlagichdan boshqa (mis, p'olat sim va h.k. singari) saqlagichlardan foydalanmang.
•  Agar sovitkichingizni tuzatish yoki boshqatdan o'rnatish kerak bo'lsa, yaqin oradagi xizmat 
markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan 
bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
•  Agar ichki yoki tashqi LED chiroqlari kuygan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat 
qiling.
•  Agar sovitkichdan kuygan hid chiqsa yoki tutun paydo bo'lsa, uni rozetkadan ajrating va darhol 
hududingizdagi Samsung Electronics xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik tok urishi yoki yong‘in xavfini tug‘diradi.
•  Sovitkichning ichki lampochkasini almashtirishdan oldin elektr quvvati vilkasini rozetkadan 
sug‘uring.
-  Aks holda, tok urishi xavfi mavjud.
•  Agar siz LED bo'lmagan chiroqni almashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan bo'lsangiz, 
Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
•  Agar mahsulotlar LED lampa bilan jihozlangan bo'lsa, lampa qopqog‘i va LED lampani 
o‘zboshimchalik bilan bo‘shatib olmang.
-  Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
•  Elektr quvvati vilkasini devordagi rozetkaga tiqing.
•  Shikastlangan elektr quvvati vilkasi, elektr kabeli yoki liqillab turgan rozetkadan foydalanmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Untitled-3   10
2017-02-06     6:02:55