Samsung MS23F301TQW 用户手册

下载
页码 160
28
O'zbek
TAOM TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA
MIKROTO'LQINLAR
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va 
singgan holda deyarli taomning ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu 
molekulalarning tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil 
bo'lgan issiqlik esa taomni pishiradi.
TAOM TAYYORLASH
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash 
uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar 
zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol, 
shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning 
uchun tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan 
yoki muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli 
mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana 
souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni 
ham tayyorlash mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har 
qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki 
shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki 
bug'lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. 
Taomni turli usullarda o'rash mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq yoki 
mikroto'lqinga mos keladigan oziq-ovqat plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha 
haroratning tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha qo'llanma
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni 
yopgan holda jadvalda ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin 
istalgan natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta 
aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki sariyog' 
qo'shing. Kutish vaqtida yopib qo'ying.
Oziq-ovqat
Porsiya 
(g)
Quvvat 
(Vt)
Vaqt 
(daq.)
Ushlab 
turish vaqti 
(daq)
Ko'rsatmalar
Ismaloq
150 
600
4½-5½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Brokkoli
300
600
9-10
2-3
30 ml (2 q.) sovuq 
suv qo'shing.
No'xat
300
600
7½-8½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Ko'k loviya
300
600
8-9
2-3
30 ml (2 q.) sovuq 
suv qo'shing.
Sabzavotlar 
aralashmasi 
(sabzi/no'xot/
makkajo'xori)
300
600
7½-8½
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
Sabzavotlar 
aralashmasi 
(xitoycha uslubda)
300
600
8-9
2-3
15 ml (1 osh q.) 
sovuq suv qo'shing.
MS23F301TQW_BW_DE68-04182X-00_UZ.indd   28
2/3/2015   7:39:46 PM