Samsung RT6000К Верхняя морозильная камера с технологией Twin Cooling Plus™, 542 Л 用户手册

下载
页码 156
O'zbek
50 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Agar muzlatgich bilan g'ayrioddiy vaziyat yuz bersa, avval quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni 
bajarib ko'ring.
Umumiy
Alomat
Harakat
Ishlamayapti yoki 
sovitmayapti.
•  Elektr simi tegishli ravishda ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Harorat to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Muzlatgichni quyosh nurlari yoki issiqlik manbaidan uzoqroq 
bo'lishini ta'minlang. Shunday qilmasangiz sovitish samarasiga ta'sir 
bo'ladi.
•  Muzlatgichning yonlari va orqa tarafda devordan yoki xonadan 
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling. Shunday 
qilmasangiz sovitish samarasiga ta'sir bo'ladi.
•  Juda ko'p oziq-ovqat joylashtirsangiz muzlatgichda havo aylanishini 
to'sib qo'yishi mumkin. Muzlatgichning normal ishlashini ta'minlash 
uchun ichiga juda ko'p oziq-ovqat qo'ymang.
Muzlatgich ichidagi 
oziq-ovqat muzlab 
qolmoqda.
•  Harorat eng past darajaga o'rnatilib qolmaganmikan tekshirib 
ko'ring. Agar shunday bo'lsa, haroratni oshiring yoki optimal 
darajaga qo'ying.
•  Bu narsa agar atrofdagi harorat juda past bo'lsa ham yuz berishi 
mumkin. Balandroq haroratga qo'ying.
•  Ko'proq suyuqligi bor oziq-ovqat muzlatgichning eng sovuq qismiga 
yoki sovuq havo haydaydigan ventilator oldiga turib qolmaganligini 
tekshiring. Agar shunday bo'lsa, uni muzlatgichning boshqa javoniga 
ko'chiring.
Shovqin chiqarmoqda.
•  Muzlatgich barqaror, tekis joyda o'rnatilganligiga ishonch hosil 
qiling.
•  Muzlatgichning yonlari va orqa tarafda devordan yoki xonadan 
yetarlicha bo'sh joy borligiga ishonch hosil qiling.
•  Muzlatgich ichida yoki ostida kir narsalar yoki begona narsalar 
saqlamang.
•  Muzlatgich ichida ajratiladigan qismlar tekkanda yoki kengayganda 
tiqillagan tovushlar chiqarishi mumkin. Bu tizimdagi xatolik emas.
Old burchaklari va 
yonlari isib kondensat 
hosil qilmoqda.
•  Kondensat hosil bo'lishining oldini olish maqsadida old burchaklarda 
issiqlikka bardosh beruvchi naychalar o'rnatilgan. Agar atrofdagi 
harorat oshsa, ushbu qurilma samarali ishlamasligi mumkin. Bu 
tizimdagi xatolik emas.
•  Kondensat muzlatgichning tashqi yuzasida ham hosil bo'lishi 
mumkin, buning sababi nam havo muzlatgichning muzdek yuzasiga 
tekkanidan bo'lishi mumkin.
No
so
zliklarni bar
tar
af qilish
Untitled-6   50
2016-03-21     2:50:48