Samsung GE83MRQ 用户手册

下载
页码 192
O'zbek - 11
02
  
QISQA YO'RIQNOMA
(b)  Buzilgan yoki yo'q bo'lgan lotok, yo'naltiruvchi rolik, mufta yoki panjara.
•  Jihozdan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilinganidek, undan foydalanish uchun 
mo'ljallangan maqsadlardagina foydalaning. Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi 
xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha 
holatlar va vaziyatlarni qamrab olmaydi. Qurilmani o'rnatish, unga texnik xizmat 
ko'rsatish va undan foydalanishda foydalanuvchi sog'lom fikr bilan ish ko'rishi, e'tiborli 
va ehtiyotkor bo'lishi kerak.
•  Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi bir nechta modellarga mo'ljallanganligi uchun 
mikroto'lqinli pechning xususiyatlari bu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz 
farq qilishi va ayrim ogohlantiruvchi xabarlar unga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar 
sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, yaqinroqdagi xizmat ko'rsatish 
markaziga murojaat qiling yoki www.samsung.com saytidan ma'lumotlar oling.
•  Bu mikroto'lqinli pech taomlarni isitish uchun mo'ljallangan. Qurilma faqat uy sharoitida 
foydalanish uchun mo'ljallangan. Donlar bilan to'ldirilgan hech qanday matolar va 
paketlarni isitmang, chunki bu kuyishga va yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin. 
Ishlab chiqaruvchi qurilmadan noto'g'ri foydalanilganligi natijasida olingan zararlar 
uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
•  Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa 
qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib 
kelishi mumkin.
USHBU MASHINANI TO'G'RI CHIQITGA CHIQARISH 
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va uning 
elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, USB kabeli) xizmat 
muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarib 
bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof – 
muhitga yoki odamlarning salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish 
uchun ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling 
va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko'maklashish uchun ulardan qayta 
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu qurilmalarni 
qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar olish uchun o'zlari ushbu 
mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan bog'lanishlari va 
xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot va uning elektron 
aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik 
kerak.
qisqa yo'riqnoma
Taom tayyorlash.
1.  Taomni pechga joylashtiring. 
Tayyorlashni boshlash uchun СВЧ (Mikroto'lqin) tugmasini 
bosing.
2.  Kerakli quvvat darajasi ko‘rsatilgunicha Yuqoriga/Pastga 
tugmasini bosing. Shu paytda quvvat darajasini qo'yish 
uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
3. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, tayyorlash vaqtini 
qo‘ying.
4. СТАРТ tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash boshlanadi. 
Tayyorlash tugashi bilan pech 4 marta tovushli 
signal beradi.
Taomni muzdan tushirish.
1.  Muzlatilgan taomni pechga joylashtiring. 
Ускоренная разморозка (Tez muzdan tushirish) 
tugmasini bosing.
2. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, tayyorlash toifasini 
qo'ying. Kerakligini qo'yish uchun Выбор (Tanlash) 
tugmasini bosing.
3. Yuqoriga/Pastga tugmasini bosib, vaznni tanlang.
4. СТАРТ tugmasini bosing.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   11
2015-01-29     9:25:04