Samsung MC28H5013AK/BW Benutzerhandbuch

Seite von 176
O'zbek - 26
2. Sabzavotlar
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
2-1
Ko'k loviya
200-250 g
300-350 g
Ko'k loviyalarni chaying va tozalang. Ularni qopqoqli 
shisha idishga tekis joylashtiring. 200-250 g 
keladigan porsiyaga 30 ml (2 osh qoshiq) yoki 
300-450 g keladigan porsiyaga 45 ml (3 osh qoshiq) 
suv qo'shing. Idishni aylanuvchi taglik markaziga 
joylashtiring. Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. 
Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
2-2
Ismaloq
100-150 g
200-250 g
Ismaloqni yuving va tozalang. Qopqoqli shisha idishga 
joylashtiring. Suv qo'shmang. Idishni aylanuvchi 
patnisning markaziga joylashtiring. Yopiq qopqoq 
bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 
1-2 daqiqa kuting.
2-3
Archilmagan 
kartoshka
300-350 g
400-450 g
500-550 g
Kartoshkani tozalang va arting, taxminan bir xil 
o'lchamda teng bo'laklarga kesing va ularni qopqoqli 
shisha idishga soling. 15-30 ml (1-2 osh qoshiq) suv 
qo'shing. Tayyorlagandan keyin aralashtiring. Katta 
miqdorlarda tayyorlaganda tayyorlash vaqtida bir 
marta aralashtiring. 3-5 daqiqa kuting.
2-4
Gratin 
kartoshkalari
400-450 g
800-850 g
Yangi gratin kartoshkani kichkina issiqqa chidamli 
idishga soling. Idishni past taglikka qo'ying. 
2-3 daqiqa kuting.
2-5
Qovurilgan 
baqlajonlar
100-150 g
200-250 g
Baqlajonlarni chaying va bo'laklang. Yog' bilan 
yog'lang va ziravorlar seping. Bo'laklarni baland 
taglikka bir tekis qo'ying. Tovushli signal berilishi bilan 
ag'daring. Davom ettirish uchun start tugmachasini 
bosing. (Ag'darmasangiz, pech ishlashda davom 
etadi) 1-2 daqiqa kuting.
2-6
Tomat-gril
400-450 g
600-650 g
Pomidorlarni yuving va tozalang. Ularni teng ikkiga 
bo'ling va mikroto'lqin uchun mo'ljallangan idishga 
joylashtiring. Tepasiga maydalangan pishloqni 
joylashtiring. Idishni baland taglikka qo'ying.
3. Parranda go'shti/Baliq
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
3-1
Tovuq ko'kraklari
300-350 g
400-450 g
Tovuq ko'kraklarini yuving va sopol idishga 
joylashtiring. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan 
plyonka bilan yoping va tirqish oching. Idishni 
aylanuvchi taglikka qo'ying. 2 daqiqa kuting.
3-2
Kurka ko'kraklari
300-350 g
400-450 g
Kurka ko'kraklarini chaying va chuqur shisha idishga 
joylashtiring. Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan 
plyonka bilan yoping va tirqish oching. Idishni 
aylanuvchi taglikka qo'ying. 2 daqiqa kuting.
3-3
Grillangan tovuq 
ko'kraklari
300-350 g
400-450 g
Tovuq ko'kragini chaying, marinadlang va yuqori 
taglikka joylashtiring. Pech tovushli signal berishi bilan 
baliq bo'laklarini ag'daring. 2 daqiqa kuting.
3-4
Grillangan baliq 
filesi
200-300 g
400-500 g
Baliq filelarini baland taglikka bir tekis qo'ying. Pech 
tovushli signal berishi bilan baliq bo'laklarini ag'daring. 
1-2 daqiqa kuting.
3-5
Grillangan losos 
steyki
200-250 g
300-350 g
Baliq steyklarini baland taglikka bir tekis qo'ying. Pech 
tovushli signal berishi bilan baliq bo'laklarini ag'daring. 
2 daqiqa kuting.
3-6
Baliq qovurdog'i
200-300 g
400-500 g
Butun baliq (forel yoki dorada) terisini o'simlik yog'i 
bilan yog'lang, ziravorlar va o'tlardan qo'shing. 
Baliqni yuqori taglikka yonma-yon, bitta baliq boshi 
ikkinchisining dumiga tegadigan tarzda joylashtiring. 
Pech tovushli signal berishi bilan baliq bo'laklarini 
ag'daring. 3 daqiqa kuting.
MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-02_UZ.indd   26
2014-07-11     5:11:33