Samsung MC28H5013AK/BW Benutzerhandbuch

Seite von 176
O'zbek - 27
04  
PECHD
AN FO
YD
ALANISH
ACHITQILI XAMIR / YOGURT XUSUSIYATLARIDAN 
FOYDALANISH
Beshta achitqili xamir / yogurt xususiyatlari avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlari bilan 
ta'minlaydi. Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi. 
Ферментация Тесто (Achitqili xamir)Йогурт (Yogurt) tugmasini bosgandan 
keyin Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosish orqali siz achitqili xamir / yogurt toifasini 
sozlashingiz mumkin. Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga 
qo'ying va eshikchani yoping.
1.  Ферментация Тесто / Йогурт (Achitqili xamir /Yogurt) 
tugmasini bosing.
 
2. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib tayyorlanayotgan 
taom turini tanlang. 1-raqam xamir qorish va 2-raqam 
uyda tayyorlanadigan yogurtdir. Siz Yuqoriga yoki 
Pastga tugmasini bosgan holda o'zingiz tayyorlash uchun 
foydalanmochi bo'lgan raqamni tanlashingiz kerak. Avvaldan 
dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi 
sahifadagi jadvalda keltirilgan. Shu vaqtda taom turini tanlash 
uchun Выбор (Tanlash) tugmasini bosing.
3. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosgan holda dasturxonga 
tortish hajmini tanlang.
4.  СТАРТ (Start) tugmasini bosing.
Aylanuvchi patnis yogurtni tayyorlash paytida ishlamaydi.
Quyidagi jadvalda achitqili xamirni ko'pchirish yoki uy yogurtini tayyorlash uchun avtomatik 
dasturdan qanday foydalanish ko'rsatib beriladi.
1. Achitqili xamir
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
1-1
Pitstsa xamiri
300-500 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka o'rnating. 
Alyumin folga bilan yoping.
1-2
Tort xamiri
500-800 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka o'rnating. 
Alyumin folga bilan yoping.
1-3
Non xamiri
600-900 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka o'rnating. 
Alyumin folga bilan yoping.
2. Uyda tayyorlanadigan yogurt
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
2-1
Kichkina 
piyolalar
500 g
150 g tabiiy yogurtni 5 ta sopol kosachalar yoki 
kichkina shisha bankalarga tekis taqsimlang (har 
biri 30 g). Har bir kosachaga 100 ml sut qo'shing. 
Uzoq vaqt saqlanuvchi sutdan foydalaning (xona 
haroratidagi; yog'liligi 3,5 %). Har birini oziq-ovqatlar 
uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping va 
aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tugallagandan keyin 
6 soat muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt bakteriyalaridan 
foydalanishni tavsiya qilamiz.
2-2
Katta miska
500 g
150 g tabiiy yogurtni 500 ml uzoq vaqt saqlanuvchi 
sut bilan aralashtiring (xona haroratidagi; yog'liligi 
3,5 %). Katta shisha miskaga tekis quying. Oziq-
ovqatlar uchun mo'ljallangan plyonka bilan yoping va 
aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tugallagandan keyin 
6 soat muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt bakteriyalaridan 
foydalanishni tavsiya qilamiz.
MC28H5013AW_BW_DE68-04234A-02_UZ.indd   27
2014-07-11     5:11:34