Samsung WF90F5EGU4W Benutzerhandbuch

Seite von 184
O’zbek - 36
Nosozliklarni qidirish va bartaraf qilish hamda axborot 
kodlari
Tekshirish nuqtalari
Agar sizda kir yuvish mashinasi bilan bog'liq muammolar vujudga kelsa, eng avvalo quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni sinab ko'ring.
MUAMMO
AMAL
Ishga tushmayapti.
• 
Mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/Pauza tugmasini bosing.
• 
Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Suv kranlari ochilganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
• 
Bolalardan qulflash   yoqilmaganiga amin bo‘ling.
• 
Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni tezda 
chiqarib tashlaydi.
• 
Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.
Suv ta'minoti yetarli emas yoki 
suv ta'minoti mavjud emas.
• 
Suv kranini to‘liq oching.
• 
Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Suv quyish shlangining muzlamaganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Suv quyish shlangining bukilganligi yoki to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Suv bosimi yetarli ekanligiga ishonch hosil qiling.
Sikldan so‘ng kir yuvish vositasi 
tortmasida vosita qolmoqda.
• 
Kir yuvish mashinasi yetarli suv bosimi bilan ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
• 
Kir yuvish vositasi tortmaning markaziga solinganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Vosita qopqog‘i to‘g‘ri kiritilgan bo‘lsin.
• 
Donador yuvish vositasi ishlatsangiz, vositani tanlagich yuqoridagi holatda tursin. 
• 
Vosita qopqog‘ini olib, tortmani tozalang.
Ortiqcha tebranish yoki shovqin 
bor.
• 
Kir yuvish mashinasi tekis, qattiq va sirpanchiq bo‘lmagan polda o‘rnatilgan bo‘lsin. Pol tekis 
bo'lmasa, mashina balandligini sozlash uchun tekislash oyoqchalaridan foydalaning.
• 
Tashishda ishlatiladigan boltlar olib tashlangan bo‘lsin.
• 
Kir yuvish mashinasi boshqa narsalarga tegib turmaganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Kir yuklanishining tekis taqsimlanganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Normal ishlash mobaynida motordan shovqin chiqishi mumkin.
• 
Maxsus ish kiyimlari yoki metal bezakli kiyimlarni yuvayotganda, shovqin chiqishi mumkin. 
Bu oddiy holdir.
• 
Tanga singari metall obyektlar shovqin chiqarishi mumkin. Yuvib bo‘lgach, bu obyektlarni 
baraban yoki filtr korpusidan olib tashlang.
Suvni chiqarib tashlamayapti va/
yoki aylantirmayapti.
• 
Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil qiling. 
Oqava ketmayotgan bo‘lsa, texnik xizmatni chaqiring.
• 
Chiqindi filtrining to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
• 
Eshigini yopib, Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing. Sizning xavfsizligingizni ta’minlash 
maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u aylanishni boshlamaydi.
• 
Oqava shlangi muzlab yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
• 
Oqava shlangi tiqilib qolmagan, oqava tizimiga ulangan bo‘lsin.
• 
Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib tashlamaydi yoki 
aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay boshlaydi.
F500E-03367T-00_UZ.indd   36
6/23/2016   2:12:31 PM