Samsung WF90F5EGU4W Benutzerhandbuch

Seite von 184
O’zbek - 37
06
 NOSOZLIKL
ARNI B
AR
TAR
AF QILISH
MUAMMO
AMAL
Eshigi ochilmayapti.
• 
Kir yuvish mashinasini to‘xtatish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.
• 
Eshik qulfi mexanizmi bo‘shatilgunicha bir necha soniya o‘tishi mumkin.
• 
Kir yuvish mashinasi to'xtaganidan yoki o'chirilganidan keyin, 3 daqiqagacha eshik 
ochilmaydi.
• 
Barabandagi suv to‘liq chiqib ketganiga amin bo‘ling.
• 
Barabanda suv qolsa, eshigi ochilmasligi mumkin. Barabandagi suvni chiqarib tashlang va 
eshikni qo‘lda oching.
• 
Eshik qulfining chirog'i o'chiqligiga amin bo'ling. Mashinaning suvi chiqarib yuborilganidan 
keyin eshik qulfi chirog‘i o‘chadi.
Ortiqcha mag`zava bor.
• 
Tavsiya qilingan kir yuvish vositasi turlaridan foydalanayotganligingizga ishonch hosil qiling.
• 
Mag‘zava ko‘payib ketmasligi uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
• 
Suv yumshoq bo‘lsa, kirlar kam bo‘lsa yoki kuchsiz kirlangan bo‘lsa, kir yuvish vositasi 
miqdorini kamaytiring.
• 
Yuqori samarali (HE) bo‘lmagan vositadan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Qo‘shimcha kir yuvish vositasini 
qo‘sha olmayapman.
• 
Kir yuvish vositasi va yumshatkichning qolgan miqdori me’yordan oshib ketmasin.
To‘xtab qolmoqda.
• 
Elektr shnurini ishlayotgan rozetkaga tiqing.
• 
Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.
• 
Eshigini yoping va mashinani ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing. 
Sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u aylanishni 
boshlamaydi.
• 
Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni tezda 
chiqarib tashlaydi.
• 
Siklda pauza yoki ivitish vaqti bo‘lishi mumkin. Biroz kutib tursangiz, mashina ishni boshlashi 
mumkin.
• 
Suv kraniga ulangan shlanglardagi to‘rli filtr tiqilib qolmagan bo‘lsin. To‘rli filtrni muntazam 
tozalab turing.
• 
Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib tashlamaydi yoki 
aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay boshlaydi.
Noto‘g‘ri haroratdagi suv bilan 
to‘lmoqda.
• 
Har ikkala kranni oxirigacha oching.
• 
Harorat to‘g‘ri tanlanganiga ishonch hosil qiling.
• 
Shlanglar tegishli kranlarga ulangan bo‘lsin. Suv tizimiga og‘irlik tushirmoqda.
• 
Suvni isitkich kamida 120 °F (49 °C) issiq suvni beradigan qilib qo‘yilgan bo‘lsin. Suvni 
isitkich sig‘imi va tiklash tezligini ham tekshiring.
• 
Shlanglarni chiqarib olib, to‘rli filtrni tozalang. To‘rli filtr tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
• 
Mashina suvga to‘layotganida, suv harorati o‘zgarishi mumkin, chunki haroratni avtomatik 
tekshirish xususiyati kelayotgan suv haroratini o‘lchab turadi. Bu oddiy holdir.
• 
Sovuq yoki issiq harorat tanlanganida, mashina suvga to‘layotganida, faqatgina qaynoq va/
yoki faqatgina sovuq suv taqsimlagichdan o‘tayotganligini sezishingiz mumkin. Bu haroratni 
avtomatik boshqarish xususiyatining normal ishlashi bo‘lib, mashina suv haroratini aniqlaydi.
Sikl tugaganida, kirlar ho‘l 
qolmoqda.
• 
Aylanish tezligini High (Yuqori) yoki Extra High (O‘ta yuqori) qilib tanlang.
• 
Mag‘zavani kamaytirish uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
• 
O‘ta kam yuklangan. Kam yuk (bir-ikkita narsa) muvozanat hosil qilmagani uchun to‘liq 
aylanmasligi mumkin.
• 
Oqava shlangi bukilib yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
F500E-03367T-00_UZ.indd   37
6/23/2016   2:12:31 PM