Samsung MW3100H Микроволновая печь Соло с Функцией Очистки Паром, 23 л. Benutzerhandbuch

Seite von 128
O'zbek - 4
Tutun chiqqan hollarda qurilmani o'chiring yoki elektr 
tarmog'iga ulash kabelini rozetkadan sug'uring va har 
qanday alangani o'chirish uchun eshikchani ochib 
qo'ying.
OGOHLANTIRISH: Ichimliklarni mikroto'lqin 
yordamida isitish kechiklab portlovchan qaynashga olib 
kelishi mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda 
juda ehtiyot bo'lish lozim.
OGOHLANTIRISH: Ovqatlantirish uchun butilka va 
bolalar ozuqalari uchun bankalarning ichidagilarni 
aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini 
olish uchun iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib 
ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli 
pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish 
jarayoni tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech 
ichida portlab ketishlari mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har 
qanday taom qoldiqlarini olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining 
buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning 
xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli 
holatlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu qurilma treyler, furgon va shunga o'xshash 
transport vositalariga o'rnatish uchun mo'ljallanmagan.
Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki 
ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs tomonidan 
ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan 
ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, bu qurilmadan 
jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va 
tajribasi yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) 
foydalanishlari mumkin emas.
Bolalarning ushbu qurilma bilan o'ynamasliklariga 
ishonch hosil qilish uchun ular nazorat ostida bo'lishlari 
kerak.
Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan 
bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab 
chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki 
malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Suyuqliklar yoki boshqa taomlar 
mahkam yopilgan idishlarda isitilmasligi kerak, chunki 
ular portlab ketishlari mumkin;
Mikroto'lqinli pechni ingichka suv oqimi bilan tozalash 
mumkin emas.
Ushbu pech bo'shlig'i va boshqaruv panelidan 
foydalanish oson bo'lgan tarzda to'g'ri yo'nalish va 
balandlikda o'rnatilishi kerak.
Pechdan ilk marta foydalanganda pech 10 daqiqa 
ichiga suv qo'yilgan holda ishlatilishi va keyin 
foydalanilishi kerak.
MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-01_UZ.indd   4
2014-07-17     2:15:59