Samsung MW3100H Микроволновая печь Соло с Функцией Очистки Паром, 23 л. Benutzerhandbuch

Seite von 128
O'zbek - 3
01
  XAVFSIZLIK BO’YICHA MA’LUMOTLAR
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA 
KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN 
SAQLAB QO'YING.
Ushbu xavfsizlik ko'rsatmalariga xar doim amal 
qilinishiga ishonch hosil qiling.
Pechdan foydalanishdan avval quyidagi 
ko'rsatmalarga amal qilinishiga ishonch hosil 
qiling.
 
OGOHLANTIRISH 
(Faqat mikroto'lqin funksiyasi)
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha 
zichlagichlari shikastlangan bo'lsa, pechni vakolatli 
shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik 
kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining 
ta'siridan himoya qiluvchi qopqoqni ochish bilan 
bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli shaxs 
tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
Ushbu qurilma faqat uy sharoitida foydalanish uchun 
mo'ljallangan.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz 
foydalanishlariga faqat bola pechdan xavfsiz ravishda 
foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish xavfliligini 
tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan 
keyingina ruxsat bering.
OGOHLANTIRISH: Agar bolalar nazorat ostida 
bo'lsalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs 
tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida 
ko'rsatmalar berilsa va ular yetkazilishi mumkin bo'lgan 
zararlarni anglab yetsalar, bu qurilmadan 8 yoshdan 
katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari 
cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo'lmagan 
shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu 
qurilma bilan o'ynamasliklari kerak. Agar bolalar 8 yoki 
undan katta yoshda va nazorat ostida bo'lmasalar, 
bunday bolalar tomonidan qurilmani tozalash va unga 
texnik xizmat ko'rsatish amalga oshirilishi mumkin emas.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun 
xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda 
yonib ketish xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Ushbu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish 
uchun mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish 
va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar 
kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki 
yong'in xavfining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
MS23H3115FW_BW_DE68-04240B-01_UZ.indd   3
2014-07-17     2:15:59