Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
O'zbek  9
Xizma
t k
o‘
rsa
tish
O‘rnatiladigan joy
orqadan 10 sm
yon tomondan 
10 sm
poldan 85 sm
yuqoridan 20 sm
•  Poldan taxminan 85 sm balandlikdagi yassi, tekis yuzani 
tanlang. Yuza pechning og‘irligini ko‘tara olishi kerak.
•  Havo aylanishi uchun orqa devori va ikkala tomonidan 
kamida 10 sm, tepasidan kamida 20 sm joy qoldiring.
•  Pechni issiq yoki nam joyga, masalan, boshqa mikroto‘lqinli 
pechlar yoki radiatorlar yoniga o'rnatmang. 
•  Pechning elektr ta’minotiga oid xarakteristikalariga rioya 
eting. Uzaytirgich ishlatish zarur bo‘lsa, faqat tasdiqdan 
o‘tganini ishlating.
•  Pechni ilk marta ishlatishdan oldin uning ichki yuzasini va 
eshik zichlagichini nam latta bilan arting.
Aylanuvchi patnis
Pechning ichidagi barcha o'rama materiallarni chiqarib oling. 
Rolikli halqa va aylanuvchi patnisni o'rnating. Aylanuvchi patnis 
bemalol aylanishini tekshiring.
Xizmat ko‘rsatish
Tozalash
Pech usti yoki ichida kir yig‘ilib qolmasligi uchun muntazam tozalab turing. Ayniqsa eshigi, eshik zichlagichi, 
aylanuvchi patnis va rolikli halqaga (mavjud modellardagina) e’tibor bering.
Eshik oson ochilib-yopilmasa, birinchi galda eshik zichlagichiga kir yig‘ilib qolishini tekshiring. Pechning ichi va ustini 
tozalash uchun yumshoq lattani sovunli suv bilan ishlating. Chaying va yaxshilab quriting.
Pech ichida qotib qolgan, hid chiqarayotgan kirlarni ketkazish uchun
1.  Pechni bo‘shatib, limon sharbatiga suv qo'shilgan chashkani aylanuvchi patnisga qo'ying.
2.  Pechni 10 daqiqa davomida quvvatning maksimal darajasida qizdiring.
3.  Sikl tugagach, pech sovishini kuting. Keyin eshigini ochib, pishirish bo‘lmasini tozalang.
Chayqaluvchi isitgichli modellar ichini tozalash
Pishirish kamerasining yuqori qismini tozalash uchun 
yuqoridagi isitish elementini ko‘rsatilganidek qilib 45° 
pasaytiring. Shunda tepani tozalash oson bo‘ladi. Tozalab 
bo‘lgach, isitish elementini joyiga qaytaring.
DIQQAT
•  Eshik va uning zichlagichlarini toza tuting hamda eshik oson ochilib-yopilishiga amin bo‘ling. Aks holda pechning 
ishlash muddati qisqarishi mumkin.
•  Pechning ventilyatsiya tirqishlariga suv tushishidan ehtiyot bo‘ling.
•  Tozalashda dag‘al yoki kimyoviy moddalardan foydalanmang.
•  Har bir foydalangandan keyin pechni sovitib, pishirish bo‘lmasini yumshoq yuvish vositasi eritmasi bilan tozalang.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   9
2016-09-05     1:45:20