Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
8  O'zbek
O‘
rna
tish
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mahsulot guruhi bayoni
Bu qurilma B sinf 2-guruhga kiruvchi ISM jihozi hisoblanadi. 2-guruh materiallarni qayta ishlash uchun elektromagnit 
nurlanish ko'rinishidagi radiochastotaviy quvvatlar hosil qiluvchi va shunday quvvatlardan foydalanuvchi ISM 
qurilmalar, EDM va yoyli payvandlash uchun jihozlarni o'z ichiga oladi.
B sinfiga kiruvchi jihozlar uy sharoitlarida va turar-joy binolarini ta'minlovchi past kuchlanishga ega bo'lgan tarmoqqa 
to'g'ridan-to'g'ri ulangan binolarda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Ushbu mashinani to'g'ri chiqitga chiqarish  
(Ishlatilgan elektr va elektronika jihozi)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va 
uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, 
USB kabeli) xizmat muddatlarini o'tab bo'lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar 
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo'lmasligini ko'rsatadi. Keraksiz buyumlarni 
nazoratsiz tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning 
salomatliklariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarning oldini olish uchun 
ko'rsatilgan elementlarni tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan 
ajratib oling va moddiy resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga 
ko'maklashish uchun ulardan qayta foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun 
ushbu qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to'g'risida ma'lumotlar 
olish uchun o'zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy 
hokimiyat ofi siga murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug'ullanuvchi foydalanuvchilar o'zlarining ta'minotchilari bilan 
bog'lanishlari va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. 
Ushbu mahsulot va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij 
oriy chiqindilar bilan birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
Samsung’ning atrof-muhitga oid mas’uliyati va mahsulotga taalluqli normativ majburiyatlar, ya’ni REACH 
bilan tanishish uchun quyidagi manzilga o‘ting: samsung.com/uk/aboutsamsung/samsungelectronics/
corporatecitizenship/data_corner.html
O‘rnatish
Anjomlar
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta anjom kiradi, ular turli shaklda qo'llanilishi mumkin.
01  Rolikli halqa, pechning markaziga o‘rnatiladi.
Vazifasi: 
Rolikli halqa aylanuvchi patnisni ushlab 
turadi.
02  Aylanuvchi patnis, rolikli halqaga markazi muftaga 
o'rnashadigan tarzda joylashtiriladi.
Vazifasi: 
Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash 
uchun asosiy yuza bo'lib xizmat 
qiladi; uni osonlik bilan pechdan 
chiqarib olish va yuvish mumkin.
03  Yuqori tokchaPastki tokcha, aylanuvchi patnisga 
o‘rnatiladi.
Vazifasi: 
Metall tokchalardan bir vaqtda ikki xil 
taomni tayyorlash uchun foydalanish 
mumkin. Kichkina idish aylanuvchi 
patnisga va ikkinchi idish tokchaga 
joylashtirilishi mumkin. Metall 
tokchalardan gril, qaynoq havo 
rejimlarida va taom tayyorlashning 
birgalikdagi rejimida foydalanish 
mumkin.
04  Tova39-betga qarang.
Vazifasi: 
Tovadan mikroto'lqin yoki birgalikda 
tayyorlash rejimlarida taomni yaxshiroq 
qizartirish uchun foydalaniladi.  
U qandolatchilik mahsulotlari va pitsada 
qisirdoqlarning hosil bo'lishiga yordam 
beradi.
DIQQAT
Mikroto'lqinli pechdan rolikli halqa va aylanuvchi patnissiz FOYDALANMANG.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   8
2016-09-05     1:45:19