Samsung MC32K7055CT User Manual

Page of 256
12  O'zbek
Pechdan f
oy
dalanish
Pechdan foydalanish
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini 
beradi. Amin bo'lmasangiz, 58 – 61-betlardagi "Nosozliklarni bartaraf etish" bo'limiga qarang.
IZOH
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan 
bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan (100 % - 900 Vt) foydalanilsa, suvni 
qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.
Pech eshigini tepa tomonidagi tutqichini tortib oching. 
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.
Mikroto‘lqin rejimini bosing va vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga qo‘yish 
uchun СТАРТ/+30s (START/+30S) tugmasini bosing.
Natija: 
Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. 
Keyin suv qaynashi kerak.
Vaqtni belgilash
Elektr quvvati berilganda displeyda vaqtning "88:88" va keyin "12:00" qiymati avtomatik ravishda namoyish qilinadi.
Joriy vaqtni o'rnating. Vaqt 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda bo‘lishi mumkin. Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish 
kerak bo'ladi:
•  Mikroto'lqinli pechni ilk marta o'rnatayotganda
•  Elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo'lgandan keyin
IZOH
Yozgi vaqtdan qishki vaqtga o'tgan paytda va aksincha bo'lganida, soatni to'g'rilashni unutmang.
2
1
4
3
1.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
2.  Vaqtni ko‘rsatish turini belgilash uchun Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini burang. (12s yoki 24s)
3.  O‘rnatishni tugallash uchun Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini bosing.
4.  Soatni o‘rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini burang.
6
5
7
5.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
6.  Daqiqani o‘rnatish uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini burang.
7.  Displeyda to‘g‘ri vaqt ko‘rsatilgach, soat ishlay boshlashi 
uchun yana Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini  
bosing.
Natija: 
Pechdan foydalanilmayotgan vaqtda joriy vaqt 
ko'rsatiladi.
MW7000K_MC32K7055CT_BW_DE68-04443A-01_RU+UK+KK+UZ.indb   12
2016-09-05     1:45:21