Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
13
O'ZBEK
AKSESSUARLAR
Siz xarid qilgan modelga qarab, uning to'plamiga bir nechta aksessuarlar kiradi, ular turli 
shaklda qo'llanilishi mumkin.
1.  Rolikli taglik, pechning markaziga o'rnatiladi.
Vazifasi: 
Rolikli taglik aylanuvchi patnisni ushlab turadi.
2.  Aylanuvchi patnis rolikli taglikka markazi muftaga o'rnashadigan 
tarzda joylashtiriladi.
Vazifasi: 
Aylanuvchi patnis ovqat tayyorlash uchun 
asosiy yuza bo'lib xizmat qiladi; uni osonlik bilan 
pechdan chiqarib olish va yuvish mumkin.
3.  Gril uchun taglik aylanuvchi patnisga o‘rnatiladi.
Vazifasi: 
Metall taglikdan gril rejimida va taom 
tayyorlashning birgalikdagi rejimida foydalanish 
mumkin.
Mikroto'lqinli pechdan rolikli taglik va aylanuvchi patnissiz FOYDALANMANG.
VAQTNI BELGILASH
Ushbu mikroto'lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Elektrga ulanganda displeyda 
":0", "88:88" yoki "12:00" avtomatik ravishda namoyish qilinadi. 
Joriy vaqtni o'rnating. Soat vaqtni 24 soatlik yoki 12 soatlik formatda namoyish qilishi mumkin. 
Soatni quyidagi holatlarda o'rnatish kerak bo'ladi:
•  Mikroto'lqinli pechni ilk bor o'rnatayotganda
•  Tok uzilib qolganidan keyin
Yozgi vaqt bilan qishki vaqt almashilganida soatni to'g'rilashni unutmang.
1. Vaqt...
24 soatli formatda.
12 soatli formatda.
Soat ( ) tugmasini bir yoki ikki marta bosing.
2.  Soatni o‘rnatish uchun doiraviy shkalani burang.
3.  Soat ( ) tugmasini bosing.
4.  Daqiqani o‘rnatish uchun doiraviy shkalani burang.
5.  Soat ( ) tugmasini bosing.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   13
2/3/2015   7:10:57 PM