Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
14
O'ZBEK
MIKROTO'LQINLI PECHNING ISHLASH TAMOYILI
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan 
quvvatlar taomlarni tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon 
beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
•  Muzdan tushirish (qo'lda va avtomatik)
•  Taom tayyorlash
•  Isitish
Taom tayyorlash tamoyili.
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan mikroto'lqinlar aylanuvchi 
patnisda taomni aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. 
Shuning hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.  Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) chuqurlikkacha 
kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida tarqalishi hisobiga 
pishirish davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning quyidagi 
xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'lishi mumkin:
•  Miqdori va zichligi
•  Tarkibidagi suv miqdori
•  Boshlang'ich harorat (muzlatilganligi yoki yo'qligi)
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi 
sababli, taom pechdan olingandan keyin ham taom pishayotgan bo'ladi. Shuning uchun 
quyidagilarni ta'minlash uchun taom retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan 
taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
•  Taomni o'rtasigacha bir tekis pishirish
•  Taomning butun hajmi bo'ylab bir xil harorat
PECHNING TO'G'RI ISHLASHINI TEKSHIRISH
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini 
tekshirish imkonini beradi.
Eshikning o'ng tomonidagi dastani tortgan holda pech eshikchasini oching. 
Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Keyin eshikchani yoping.
1.  СВЧ (Mikroto‘lqin) (
) tugmasini bosing.
Natija : 
800 Vt (maksimal darajadagi tayyorlash quvvati) 
ko'rsatkichlari namoyish qilinadi
2.  Doiraviy shkalani burab, СТАРТ/+30СЕК ( ) tugmasini bosgan 
holda vaqtni 4-5 daqiqa qilib qo‘ying.
Natija: 
Pech ichida chiroq yonadi va patnis aylana 
boshlaydi.
1)  Tayyorlash boshlanadi, yakunlanganida pech 
4 marta tovushli signal beradi.
2)  Yakunlanganini eslatish signali  
(bir daqiqa intervali bilan) 3 marta beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko‘rsatadi.
Pech mos keladigan rozetkaga tiqilgan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis 
o'rnatilgan bo'lishi kerak. Agar eng yuqori darajadagidan farq qiluvchi quvvat darajasidan 
foydalanilsa, suvni qaynash darajasiga yetkazish uchun ko'proq vaqt talab qilinadi.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   14
2/3/2015   7:10:57 PM