Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
17
O'ZBEK
RUS TAOMLARINI AVTOMATIK TAYYORLASH DASTURLARIDAN 
FOYDALANISH
Quyidagi jadvalda rus taomlarini avtomatik tayyorlashning 3 ta dasturi, miqdoriy xususiyatlari, 
masalliqlari
 va tegishli tavsiyalar keltirilgan.
1. Rus menyulari
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-1 Quymoq
130-135 g
Tuxum - 3 dona, sut - 30 ml, tuz - 2 g
< Tavsiyalar >
Tuxumni sut va tuz bilan aralashtiring va hosil bo'lgan massani tarelkaga quying. 
Tayyorlashni boshlang.
1-2 Konservalangan 
no'xotli 
sosiskalar
Sosiska -  
2 dona 
Issiq no'xotlar - 
132 g
Sosiska - 50 g/2 dona, sariyog' - 5 g, 
konservalangan no'xat - 135 g (quruq vazni)
< Tavsiyalar >
Sanchigan sosiskalarni plastik qopqoqsiz tarelkaga qo'ying va sariyog' qo'shing.  
Yog' ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
1-3 Keks
180 g
Shakar - 45 g, vanilla qo'shilgan shakar - 5 g, 
sariyog' - 40 g, tuxum - ½ dona, sut -30 ml,  
pishirish sodasi -3 g, un - 100 g
< Tavsiyalar >
Shakar, vanilinli shakar va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuxum qo'shing.  
Boshqa masalliqlarni qo'shing. Olingan massani yog'langan jomga joylashtiring. 
Tayyorlashni boshlang. Uni jomdan olishdan avval sovushini kuting.
1-4 Limonli qumloq 
pechenye
190 g (5 dona) Un - 100 g, sariyog' - 50 g, shakar - 40 g,  
tuxum sarig'i - ½ dona, iliq suv - 1 qoshiq,  
limon po'stlog'i, shakar-qiyom uchun:  
Tuxum sarig'i - 1 dona, shakar kukuni - 3-5 g
< Tavsiyalar >
Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Beshta sharchalar yasang. Ularni mumlangan 
qog'ozga joylashtiring. Aylanuvchi patnisga joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.  
Pech tovushli signal berganida sharchalarni tuxum sarig'i bilan tepasidan yog'lang, shakar 
kukuni seping va tayyorlash jarayonini davom ettiring. Sovushini kuting.
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-5 Tvorogli somsa
95 grammdan 
2 dona
Tvorog - 90-100 g, un - 10 g,  
shakar (vanilla qo'shilgan shakar) -10 g, tuz - 0,5 g, 
tuxum - ¼ dona, sariyog' - 5-10 g (yog'lash uchun)
< Tavsiyalar >
Yog'dan boshqa barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiring. Ikkita tvorogli somsa yasang. 
Tvorogli somsalarni yog' bilan yog'lang. Ularni mumlangan qog'ozga joylashtiring va keyin 
gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida tvorogli 
somsalarni ag'daring va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-6 Pishloqli tostlar
40-60 g
Tost noni - 2 dona 26-28 grammdan,  
pishloq - 2 dona 20 grammdan
< Tavsiyalar >
Ikkita tostni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal 
berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq bo'laklarini qo'ying.  
Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-7 Pishloqli 
suxarilar
125 g (5 dona) Pishloq - 125 g (4-5 dona 25 grammdan),  
tuxum - ½ dona, non mag'zi - 3-5 g
< Tavsiyalar >
Pishloqni 5 sm x 5 sm o'lchamlardagi to'rtburchak shaklidagi bo'laklarga kesing.  
Ularni tuxum sarig'iga botirib oling va ustidan maydalangan suxari seping.  
Avval pech grilini 5 daqiqa qizdirib oling. Pishloqni mumlangan qog'ozga joylashtiring.  
Keyin uni gril uchun taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang.
1-8 Moskvacha baliq
270 g
(1)  Shampinonlar - 30 g,  
sudak biqin go'shti - 150 g, o'simlik yog'i - 5 g
(2)  Smetana - 30 g (2 x 15 g)
(3)  Dimlangan kartoshka dumaloq bo'lagi -  
2 dona 60-70 grammdan, tuz - 5 g,  
yanchilgan oq qalampir - ½ g,  
qirilgan pishloq - 25 g
< Tavsiyalar >
Qo'ziqorinlarni tarelkaga soling, yoniga baliqni joylashtiring. Yog'dan tomizing(1). 
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida smetana porsiyasining yarmini sopol 
tarelkaga soling (markaziga) (2). Shu smetanaga qo'ziqorinni soling. Shunga baliqni ham 
soling. Unga ziravorlar qo'shing. Baliq atrofiga kartoshkani yoyib chiqing.  
Kartoshkaga pishloq qo'yib chiqing(3). Tayyorlash jarayonini davom ettiring
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   17
2/3/2015   7:10:58 PM