Samsung MG23F301TQW User Manual

Page of 176
16
O'ZBEK
TAOM TAYYORLASHNI TO'XTATISH
Taom holatini tekshirish uchun taom tayyorlash jarayonini istalgan vaqtda to'xtatish mumkin.
1.  Vaqtinchalik to'xtatish.
1)  Eshikni oching.
Natija : 
Taom tayyorlash to'xtatiladi.  
Taom tayyorlashni davom ettirish uchun eshikni 
yoping va yana ( ) tugmasini bosing.
2)  СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) (
) tugmasini bosing.
Natija : 
Taom tayyorlash to'xtatiladi.  
Pishirishda davom etish uchun ( ) tugmasini yana bosing.
2.  Butunlay to‘xtatish uchun. СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) 
(
) tugmasini bosing.
Natija : 
Taom tayyorlash jarayoni to'xtaydi. Agar taom 
tayyorlash parametrlarini bekor qilmoqchi 
bo'lsangiz, yana СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) (
) tugmasini 
bosing.
Shunchaki СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) (
) tugmasini bosgan holda 
parametrlarni taom tayyorlash jarayoni boshlanishidan oldin bekor qilish mumkin.
QUVVATNI TEJASH REJIMINI O'RNATISH
Bu pechda quvvatni tejash rejimi bor. Bu rejim pechdan foydalanilmayotgan vaqtda elektr 
quvvatini tejaydi. Oddiy holat kutish rejimidir va foydalanilmayotgan 
vaqtda soatni ko'rsatadi.
•  СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) (
) tugmasini bosing.
Natija : 
Displey o'chadi.
•  Quvvatni tejash rejimidan chiqish uchun eshikni oching yoki 
СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) (
) tugmasini bosing, 
keyin displeyda joriy vaqt ko‘rsatiladi. Pech foydalanish uchun tayyor bo'ladi.
Avtomatik quvvatni tejash funksiyasi 
Agar moslama sozlashning o'rtasida yoki vaqtinchalik to'xtash holatida ishlayotgan 
bo'lganda hech qanday funksiyani tanlamasangiz, funksiya bekor qilinadi va soat  
25 daqiqadan keyin ko'rsatiladi. 
Pech chirog'i eshigi ochiq holatda 5 daqiqadan keyin o'chadi.
RUS TAOMLARINI AVTOMATIK TAYYORLASH FUNKSIYASIDAN 
FOYDALANISH
Avtomatik rus taomlari ( ) xususiyatlari dasturlashtirilgan tayyorlash vaqtlarini o‘z ichiga 
oladi. Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi.
Tayyorlanadigan porsiyalar miqdorini doiraviy shkalani buragan holda belgilashingiz mumkin.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying.  
Eshikchani yoping.
1.  Русская кухня (Rus taomlari) tugmasini bosing.
2.  Русская кухня (Rus taomlari) tugmasini bosib, 
tayyorlanayotgan taom toifasini tanlang. Avvaldan 
dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi 
sahifadagi jadvalda keltirilgan.
•  Russian tugmasini bir marta bosing : 1. Rus menyulari
•  Russian tugmasini ikki marta bosing : 2. Sho'rva
•  Russian tugmasini uch marta bosing : 3. Ichimliklar 
3.  Doiraviy shkalani buragan holda taom vaznini o‘rnating.
4. СТАРТ/+30СЕК ( ) tugmasini bosing.
Natija : 
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga 
muvofiq tayyorlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
MG23F301TQW_BW_DE68-04178S-00_UZ.indd   16
2/3/2015   7:10:58 PM