Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 32
TOVUSHLI SIGNALNI O'CHIRIB QO'YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
 
1.  СТОП/ЭКО (TO'XTATISH/EKO) va СТАРТ tugmalarini bir 
vaqtda bosing.
Natija: 
Pech bundan buyon har safar tugmachalar 
bosilganda tovushli signal bermaydi.
•  Displeyda quyidagi ko‘rsatkich chiqadi.
 
2.  Signalni yana yoqib qo‘yish uchun СТОП/ЭКО 
(TO'XTATISH/EKO) va СТАРТ tugmalarini yana birga 
bosing.
Natija: 
Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
•  Displeyda quyidagi ko‘rsatkich chiqadi.
HIDNI YO’Q QILISH XUSUSIYATLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu funksiyadan kuchli hidga ega mahsulotlarni tayyorlash yakunlanganidan keyin yoki 
pechning ichki kamerasida kuchli tutun paydo bo'lganida foydalaning.  
Oldin pechning ichki kamerasini tozalang.
Tozalab bo’lganingizdan keyin Устранение запахов  
(Hidni yo’q qilish) tugmasini bosing, so’ngra start tugmasini 
bosing. Tugallanganida to’rt marta signal eshitiladi.
Hidlarni yo’q qilish vaqti 5 daqiqa qilib belgilangan.  
Har safar +30СЕК (+30s) tugmasi bosilganida u 30 soniyaga ortadi.
Hidlarni yo’q qilishning maksimal vaqti 15 daqiqa.
AKSESSUARLARNI TANLASH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan anjomlardan foydalaning; 
plastmassa sig'imlar, tarelkalar, qog'oz kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto'lqinlar) 
tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy 
isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan 
foydalaning
Mos keladigan idish va anjomlarga oid qo‘shimcha ma’lumot uchun 
 – sahifaga qarang.
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA 
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud, u bola yoki 
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun 
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
Pechdan blokirovkani istalgan vaqtda olib tashlash mumkin.
1.  Блокировка управления (Bolalardan qulflash) 
tugmasini 2 soniya bosib turing.
Natija: 
Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab 
bo'lmaydi).
•  Displeyda “L” chiqadi.
2.  Pechni blokdan chiqarish uchun Блокировка управления  
(Bolalardan qulflash) tugmasini yana bosing.
Natija: 
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   32
2015-01-29     9:25:18