Samsung GE83KRQW-2 User Manual

Page of 192
O'zbek - 30
QIZARTIRUVCHI IDISH FUNKSIYASIDAN 
FOYDALANISH (FAQAT GE83DTRQ* MODELLARDA)
Ushbu qizartiruvchi idish nafaqat gril bilan taomning ustini qizartirishga imkon beradi, 
balki qizartiruvchi idishning yuqori harorati tufayli taomning tag qismi ham qarsildoq 
va qizargan holda bo’ladi. Qizartiruvchi idishda tayyorlash mumkin bo’lgan bir necha 
taomlar jadvalda keltirilgan (yon tomondagi sahifaga qarang). Qizartiruvchi idishdan 
yana bekon, tuxumlar, sosiskalar kabilarni tayyorlash uchun foydalanish mumkin.
1.  Qizartiruvchi idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi 
patnis ustiga joylashtiring va jadvaldagi vaqtlar va 
ko'rsatmalarga amal qilgan holda uni Mikroto'lqin-Gril 
rejimlaridan birgalikda foydalanishning eng yuqori quvvati 
[600 Vt + Gril (
)] bilan avvaldan isitib oling.
2.  Agar siz bekon va tuxum singari taomlarni tayyorlayotgan 
bo'lsangiz, taom yaxshi qizarishi uchun qizartiruvchi 
idishni yog'lang.
3.  Taomni qizartiruvchi idishga joylashtiring.
4.  Qizartiruvchi idishni mikroto'lqinli pechdagi metal 
panjaraga (yoki aylanuvchi patnisga) joylashtiring.
5.  Tegishli tayyorlash vaqti va quvvat darajasini tanlang.  
(Yon tomondagi jadvalga qarang)
Qizartiruvchi idishni olishda doimo qo'lqoplardan foydalaning, chunki u juda 
issiq bo'ladi.
Shuni yodda tutingki, qizartiruvchi idish oson tirnaluvchi teflon qatlamiga ega. 
Qizartiruvchi idish ustida taomni kesish uchun pichoq kabi o'tkir buyumlardan 
foydalanmang.
Qizartiruvchi idish yuzasida tirnalishlar hosil bo'lishning oldini olish uchun plastik 
jihozlardan foydalaning yoki kesishdan oldin taomni qizartiruvchi idishdan oling.
Qizartiruvchi idishga issiqqa chidamsiz bo'lgan buyumlarni, masalan plastik 
idishlarni joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni hech qachon aylanuvchi patnisga ega bo'lmagan pechga 
joylashtirmang.
Qizartiruvchi idishni tozalash
Qizartiruvchi idishni iliq suv va yuvish vositasi bilan tozalang va toza suv bilan 
chaying. Qattiq chyotka yoki dag'al gubkadan foydalanmang, ular yuqori 
qatlamni shikastlab qo'yishi mumkin.
Iltimos, yodda tuting
Qizartiruvchi idishni idish yuvish mashinasida yuvib bo'lmaydi.
TAOMNI QO’LDA QIZARTIRISH DASTURLARIDAN FOYDALANISH
Qizartirish uchun idishni bevosita aylanuvchi patnisda qizdirish tavsiya qilinadi.  
Qizartirish uchun taomni 600 Vt + Gril (
) funksiyasi yordamida 3-5 daqiqa 
qizdiring.  
Jadvaldagi vaqt ko'rsatmalari va yo'riqnomalariga amal qiling.
Taom
Porsiya
Quvvat
Dastlabki isitish 
vaqti (daq.)
Tayyorlash 
vaqti (daq.)
Bekon
4 bo'lak (80 g)
600 Vt + Gril
3
3½-4
Tavsiyalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Bo'laklarni qizartiruvchi idishga 
bir qator qilib qo'ying. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying.
Tomat-gril
200 g (2 dona)
450 Vt + Gril
3
4½-5
Tavsiyalar
Qizartiruvchi idishni avvaldan qizdirib oling. Pomidorlarni teng ikkiga 
bo'ling. Ularning ustiga pishloq qo'ying. Pomidorlarni idishga aylana 
shaklida joylashtiring. Qizartiruvchi idishni gril uchun taglikka qo'ying.
GE83KRQW-1_BWT_DE68-04283B-00_UZ.indd   30
2015-01-29     9:25:16