Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 22
SOG'LOM TAOM TAYYORLASH XUSUSIYATLARIDAN 
FOYDALANISH
Sog'lom taom tayyorlash xususiyatlari yigirmata avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlariga ega. 
Tayyorlash vaqtlari yoki quvvat darajalarini o'rnatishingiz shart emas. Siz tayyorlanadigan 
porsiyalar miqdorini doiraviy shkala dastasini buragan holda belgilashingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1.  Здоровое питание (Sog'lom taom tayyorlash) 
tugmasini bosing.
2.  Doiraviy shkalani burash orqali o'zingiz tayyorlamoqchi 
bo'lgan toifani tanlang. 
Shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing. 
Va keyin Doiraviy shkalani burash orqali o'zingiz 
tayyorlamoqchi bo'lgan taomni tanlang. 
Shu vaqtda Doiraviy shkalani bosing. 
Turli avvaldan dasturlangan sozlanmalarning bayonini ko'rish 
uchun keyingi betdagi jadvalga qarang.
3.  Doiraviy shkalani buragan holda taom vaznini o'rnating. 
(Faqat brokkoli, tozalangan kartoshka uchun)
4.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija :  Taom tayyorlash jarayoni boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
4-5
Boyarcha go'sht
Cho'chqa bo'yni - 280 g (4 ta bo'lak), tuz - 2 g, yanchilgan qora murch - 0,5 g, 
shampinon bo'laklari - 45 g, mayonez - 55 g
Go'shtga ziravorlar qo'shing. Go'shtni tarelkaga joylashtiring. Tarelkani baland 
taglikka qo'ying.
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berganida go'shtni shampinonlarga 
joylashtiring va tepasidan mayonez qo'ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
4-6
Lososli 
kulebyaka
Muzlatilgan qatlamlangan xamir - 130 g
Masalliq: Mayda kubikchalarga torg'algan losos biqin go'shti - 100 g, tuz - 1 g, 
qovurilgan piyoz kubikchalari - 20 g, qotirib qaynatilgan mayda qilib kelisgan 
tuxum - 30 g, tuxum sarig'i - 1 dona yog'lash uchun
Xamirni muzdan tushiring. Uni 2 mm qalinlikkacha yoying. Masalliq uchun barcha 
tarkibiy qismlarni aralashtiring.
Masalliqni xamir markaziga qo'ying. Xamir qirralarini yopishtiring. Unga shakl 
bering. Bir necha kesmalar qiling. Tuxum sarig'i bilan yog'lang. Shakl berilgan 
xamirni mumlangan qog'ozga joylashtiring. Keyin uni quyi taglikka qo'ying. 
Tayyorlashni boshlang.
4-7
Losos kabobi
Losos katta kubiklar - 350 dan 370 g, Limon - 25 g (sharbat), tuz - 5 g, o'simlik 
yog'i - 10 g, to'rg'algan petrushka - 10 g, sixlar
Barcha masalliqlarni aralashtiring va baliqqa qo'shing. 15-20 daqiqa marinadlang. 
Keyin sizlarga o'tkazing. Ularni tarelkaga soling va keyin yuqori taglikka 
joylashtiring. Tayyorlashni boshlang.
4-8
Sabzavotlar bilan 
pishirilgan forel
Yog' - 5 g, to'rg'algan sabzi - 35 g, to'rg'algan piyoz - 25 g, mayda kesilgan 
sarimsoqpiyoz - 3 g, maydalangan selderey barglari - 5 g, forel - 1 dona (220-
250 g), tuz - 1 g, yanchilgan oq qalampir - 0,5 g, sariyog' - 5 g
Mumlangan qog'oz o'rtasini sariyog' bilan yog'lang. Qog'ozga sabzi, piyoz, 
sarimsoqpiyoz va seldereyni qo'ying. Sabzavotlar ustiga ziravor qo'shilgan forelni 
qo'ying. Baliqning tepa qismini sariyog' bilan yog'lang. Qog'oz bilan yoping. Uni 
mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni boshlang.
4-9
Pechenye
Un - 85 g, shakar kukuni - 25 g, yog' - 50 g, tuxum - 0,5 dona, tuz - 1 g
Un, shakar kukuni va sariyog'ni yaxshilab aralashtiring. Tuz va tuxum qo'shing.
Yaxshilab aralashtiring. Xamirni ikkita tekis doira shaklidagi pechenyelarga bo'ling. 
Ularni mumlangan qog'oz bilan qoplangan quyi taglikka qo'ying. Tayyorlashni 
boshlang.
4-10
Klyukvali ichimlik
Muzlatilgan klyukva - 50 g, shakar - 35 g, suv - 200 ml
Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni katta 
jomga soling. Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o'tkazing.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   22
2014-07-17     2:06:34