Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 24
2. Parranda go'shti va baliq
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
2-1
Tovuq ko'kraklari
300 g
(2 dona)
Bo'laklarni yuving va sopol idishga joylashtiring. Mikroto'lqinli 
pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. 
Plyonkani teshing. Idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 
2 daqiqa kuting.
2-2
Kurka ko'kraklari

2-3
 Yangi baliq filesi
300 g
(2 dona)
Baliqni yuving va sopol idishga joylashtiring, 1 osh 
qoshiq limon sharbati qo'shing. Mikroto'lqinli pech uchun 
mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. Plyonkani 
teshing. Idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 1-2 daqiqa 
kuting.
2-4
 Yangi losos filesi

2-5
Yangi krevetkalar
250 g
Krevetkalarni yuving va sopol idishga joylashtiring, 1 osh 
qoshiq limon sharbati qo'shing. Mikroto'lqinli pech uchun 
mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. Plyonkani 
teshing. Idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 1-2 daqiqa 
kuting.
2-6
Yangi forel
200 g
(1 ta baliq)
1 ta butun baliqni pechda tayyorlash uchun mo'ljallangan 
idishga joylashtiring. Bir chimdim tuz, 1 osh qoshiq limon 
sharbati va ko'katlar qo'shing. Mikroto'lqinli pech uchun 
mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. Plyonkani 
teshing. Idishni aylanuvchi patnisga qo'ying. 2 daqiqa kuting.
2-7
Baliq qovurdog'i
200 g
(1 ta baliq)
Butun baliq (forel yoki dorada) terisini o'simlik yog'i bilan 
yog'lang, ziravorlar va o'tlardan qo'shing. Baliqni yuqori 
taglikka yonma-yon, bitta baliq boshi ikkinchisining dumiga 
tegadigan tarzda joylashtiring. Pech tovushli signal berishi 
bilan baliq bo'laklarini ag'daring. 3 daqiqa kuting.
2-8
Grillangan losos 
steyki
300 g
(2 dona steyk)
Baliq steyklarini baland taglikka bir tekis qo'ying. Pech 
tovushli signal berishi bilan baliq bo'laklarini ag'daring. 
2 daqiqa kuting.
BUG'DA TEZ TAYYORLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA  
(FAQAT MG23H3115P*, MG23H3115X* MODELLARDA)
Bug'da pishirgich taomni bug'da tayyorlash tamoyiliga asoslanadi va Samsung 
mikroto'lqinli pechingizda tezkor va sog'lom taom tayyorlash uchun mo'ljallangan.
Ushbu yordamchi jihoz guruch, makaron mahsulotlari, sabzavotlar kabilarni qisqa 
vaqtlarda ularning o'zuqaviylik qiymatlarini saqlab qolgan holda tayyorlash uchun juda 
mosdir.
Mikroto'lqinli pechning bug'da pishirgich jihozlari to'plami quyidagi 3 ta qismlardan tashkil 
topadi:
Jom
Ichki patnis
Qopqoq 
Barcha jihozlar -20 °C dan 140 °C gacha bo'lgan haroratlarda foydalanish uchun 
mo'ljallangan.
Muzlatish kamerasida saqlash uchun juda mos. Ulardan alohida holda yoki birgalikda 
foydalanish mumkin.
FOYDALANISH SHAROITLARI:
Foydalanmang:
•  tarkibida yuqori darajada shakar yoki yog' bo'lgan taomlarni tayyorlash uchun,
•  gril yoki aylanma issiqlik funksiyalari bilan birgalikda yoki oshxona plitasida
Ilk marta foydalanishdan avval barcha jihozlarni sovunli suv bilan yaxshilab yuving.
Tayyorlash vaqtlari to'g'risida ma'lumotlar olish uchun keyingi sahifadagi jadvaldagi 
ko'rsatmalarga qarang.
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH:
Bug'da pishirgichni idish yuvgichda yuvish mumkin.
Qo'lda yuvganda issiq suv va idish yuvish uchun suyuqlikdan foydalaning. Abraziv 
gubkalardan foydalanmang.
Ayrim taomlar (masalan, pomidor) plastik rangini o'chrishi mumkin. Bu tabiiy holat va 
ishlab chiqarish xatoligi emas.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   24
2014-07-17     2:06:34