Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 32
Muzlatilgan sabzavotlarni tayyorlash bo'yicha Qo'llanma
Qopqoqli issiqqa chidamli shishadan qilingan mos kosadan foydalaning. Qopqoqni 
yopgan holda jadvalda ko'rsatilgan eng kam vaqt davomida tayyorlang. Keyin istalgan 
natijani olguncha tayyorlashni davom ettiring.
Tayyorlash vaqtida ikki marta va tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin bir marta 
aralashtiring. Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin tuz, ziravorlar yoki qaymoq qo'shing. 
Kutish vaqtida yopib qo'ying.
Taom
Porsiya hajmi
Quvvat
Vaqt (daq.)
Ismaloq
150 g
600 Vt
4½-5½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
Brokkoli
300 g
600 Vt
9-10
Ko'rsatmalar
30 ml (2 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
No'xot
300 g
600 Vt
7½-8½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
Ko'k loviya
300 g
600 Vt
8-9
Ko'rsatmalar
30 ml (2 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
Sabzavotlar 
aralashmasi 
(Sabzi/No'xot/
Makkajo'xori)
300 g
600 Vt
7½-8½
Ko'rsatmalar
15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
Sabzavotlar 
aralashmasi 
(Xitoycha uslubda)
300 g
600 Vt
8-9
Ko'rsatmalar
15 ml (1 osh qoshiq) sovuq suv qo'shing. 2-3 daqiqa kuting.
taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
MIKROTO'LQINLAR
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan 
holda deyarli taomning ichiga kiradi.
Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Ushbu 
molekulalarning tez tebranishlari sirpanish hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan 
issiqlik esa taomni tayyorlaydi.
TAOM TAYYORLASH
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash 
uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar 
zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq ular sopol, 
shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning 
uchun tayyorlashda metall idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki 
muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, 
baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda yana souslar, 
qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash 
mumkin. Umuman olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni 
mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' yoki shokoladni eritish mumkin 
(maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv 
tayyorlash jarayoniga o'z hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni yopib qo'yishning 
turli usullaridan foydalanish mumkin: masalan, sopol tarelka, plastmassa qopqoq yoki 
mos yopishqoq plyonkadan foydalanish mumkin.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning 
tenglashishi uchun biroz kutish juda muhimdir.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   32
2014-07-17     2:06:36