Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 30
TOVISHLI SIGNALNI O'CHIRIB QO'YISH
Siz istalgan vaqtda tovushli signalni o'chirib qo'yishingiz mumkin.
1.  СТОП/ECO (TO'XTATISH/EKO) va СТАРТ/+30сек 
(START/+30son) tugmachalarini bir vaqtda bosing.
Natija:
•  Displeyda quyidagi ko'rsatkich namoyish qilinadi.
•  Pech bundan buyon har safar tugmachalar 
bosilganda tovushli signal bermaydi.
2.  Tovushli signalni yana yoqib qo'yish uchunСТОП/ECO 
(TO'XTATISH/EKO) va СТАРТ/+30сек (START/+30son) 
tugmachalarini bir vaqtda bosing.
Natija:
•  Displeyda quyidagi ko'rsatkich namoyish qilinadi.
•  Pech yana tovushli signal bera boshlaydi.
MIKROTO'LQINLI PECHNI XAVFSIZLIK MAQSADIDA 
BLOKIROVKA QILISH
Usbu mikroto'lqinli pechda ichki o'rnatilgan Bola xavfsizligi dasturi mavjud, u bola yoki 
pechdan foydalanishni bilmaydigan odam tasodifiy tarzda pechni yoqib qo'ymasligi uchun 
pechdan foydalanishni "blokirovka" qilishga imkon beradi.
Pechdan blokirovkani istalgan vaqtda olib tashlash mumkin.
1.  Bolalardan qulflash tugmasini uch soniya bosib turing.
Natija:
•  Pech blokirovka qilinadi (funksiyalarni tanlab 
bo'lmaydi).
•  Displeyda "L" namoyish qilinadi.
2.  Pech qulfini ochish uchun Bolalardan qulflash tugmasini 
uch soniya bosib turing.
Natija: 
Pechdan odatdagidek foydalanish mumkin.
MIKROTO'LQINLAR VA GRILDAN BIRGALIKDA FOYDALANISH
Taomni tezda tayyorlash va uni qizartirish uchun siz taom tayyorlashda mikroto'lqinlar va 
grildan birgalikda foydalanishingiz ham mumkin.
DOIMO mikroto'lqinli pechda ham, oddiy isitish shkafida ham foydalanish mumkin 
bo'lgan anjomlardan foydalaning. Buning uchun shisha va sopol idishlar juda bop 
hisoblanadi, chunki ular mikroto'lqinlarning taomga bir tekis kirishiga imkon beradi.
DOIMO pechdagi idishlarga tegayotganda maxsus ushlagichlardan foydalaning, 
chunki juda issiq bo'ladi.
1.  Pech eshigini oching.  
Taomni panjaraga, panjarani esa aylanuvchi patnisga 
joylashtiring. Eshikchani yoping.
2.  Комби (Birgalikda foydalanish) tugmasini bosing.
3.  Doiraviy shkalani tegishli quvvat darajasi namoyish 
qilingunicha burang. Quvvat darajasini o'rnatish uchun shu 
vaqtda Doiraviy shkalani bosing.
4.  Doiraviy shkalani burash orqali tayyorlash vaqtini o'rnating. 
Grilda tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa.
5.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija: 
Birgalikda tayyorlash boshlanadi. 
U nihoyasiga yetishi bilan.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Mikroto'lqinlar va grildan birgalikda foydalanish rejimidagi eng yuqori quvvat darajasi 
600 Vt.
Siz gril haroratini o'rnata olmaysiz.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   30
2014-07-17     2:06:36