Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л. 사용자 설명서
O'zbek - 18
SENSORLI TAYYORLASH FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
8 ta Sensorli tayyorlash funksiyalari dasturlashtirilgan tayyorlash vaqtlarini o'z ichiga oladi.
Ular uchun tayyorlash vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi.
Siz Funksiyalarni tanlash doiraviy shkala dastasini buragan holda Sensorli tayyorlash
toifasini o'zgartirishingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idish-tovoqlardan foydalaning.
1. Сенсор (Sensorli tayyorlash) tugmasini bosing.
2. Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan
holda tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Avvaldan
dasturlashtirilgan turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi
sahifadagi jadvalda keltirilgan. Shu vaqtda taom turini tanlash
uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini bosing.
3. СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija:
Tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash
yakunlangandan keyin.
1) Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2) Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa
intervali bilan) beriladi.
3) Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan
foydalaning.
Agar harorat 60 °C dan yuqori bo'lsa, sovutish ventilyatori 3 daqiqa ishlaydi. Sensor
uchun xavfsiz bo'lgan rejimga o'tishi uchun pech kerakli haroratgacha sovugunicha siz
Сенсор (Sensorli tayyorlash) tugmasidan vaqtinchalik foydalana olmaysiz.
Quyidagi jadvalda 8 ta Sensorli tayyorlash dasturlari keltirilgan. Unda tayyorlagandan keyingi
har bir element uchun tavsiya qilingan vazn diapazoni va tegishli ko'rsatmalar keltirilgan.
Dasturning boshlanishida displey sensor davrini ko'rsatadi. Shu davrdan keyin tayyorlash vaqti
va quvvat darajasi avtomatik ravishda hisoblanadi va qolgan tayyorlash vaqti namoyish qilinadi.
Tayyorlash jarayoni siz uchun qulay bo'lishi uchun sensorli tizim tomonidan boshqariladi.
Qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling!
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Ichimliklar
150-250 g
Suyuqlikni (xona haroratidagi) sopol piyola yoki stakanga
quying. Berkitmagan holda isiting.
Aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Ularni
pechda qoldiring. Ichimliklarni kutish vaqtidan avval va
keyin yaxshilab aralashtiring. Piyolani olishda ehtiyot
bo'ling (suyuqliklar uchun ko'rsatmalarga qarang).
1-2 daqiqa kuting.
2
Brokkoli
gulchalari
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan brokkolini yuving
va tozalang hamda gulchalar tayyorlang. Ularni qopqoqli
shisha idishga tekis joylashtiring. 30-45 ml (2-3 osh
qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin
aralashtiring.
Ushbu dastur brokkoli hamda qovoqchalar, baqlajonlar,
oshqovoq yoki garmdorini tayyorlash uchun mosdir.
1-2 daqiqa kuting.
3
Bo'laklangan
sabzi
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan sabzilarni yuving va
tozalang hamda dumaloq bo'laklarga bir tekis to'rg'ang.
Ularni qopqoqli shisha idishga joylashtiring. 30-45 ml
(2-3 osh qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin
aralashtiring.
Ushbu dastur bo'laklangan sabzi hamda gulkaram yoki
bryukvani tayyorlash uchun mosdir. 1-2 daqiqa kuting.
4
Gulkaram
gulchalari
200-500 g
Yangi uzilgan sabzavotlarni, masalan gulkaram
gulchalarini yuving va tozalang hamda gulchalar
tayyorlang. Ularni qopqoqli shisha idishga tekis
joylashtiring. 30-45 ml (2-3 osh qoshiq) suv qo'shing.
Idishni aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring.
Yopiq qopqoq bilan tayyorlang. Tayyorlagandan keyin
aralashtiring.
Ushbu dastur brokkoli hamda qovoqchalar, baqlajonlar,
oshqovoq yoki garmdorini tayyorlash uchun mosdir.
1-2 daqiqa kuting.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd 18
2014-07-11 5:18:11